Toshkentda xotin-qizlar uchun alohida universitet tashkil qilinadi – prezident

© Sputnik / Igor Pantin"Grand Tekstil" — vistavka-prodaja v Moskve
Grand Tekstil — vistavka-prodaja v Moskve - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.03.2022
Obuna bo‘lish
Toshkentda xotin-qizlar uchun to‘qimachilik sohasida alohida universitet ochiladi, viloyatlarda paxta, ipak va junchilik klasterlari ishtirokida uning texnikumlari tashkil qilinadi.
TOShKENT, 2 mar – Sputnik. Toshkentda xotin-qizlar uchun alohida universitet tashkil qilinadi – dedi O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 1-mart kuni xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash masalalariga bag‘ishlangan videoslelektor yig‘ilishida.
"Ta’lim tizimining barcha pog‘onalarida o‘qishga intilgan xotin-qizlarni qo‘llab quvvatlaymiz. Buning uchun 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan xotin qizlar ta’limining yangi dasturi qabul qilinadi.
Dastur doirasida Toshkentda asosan xotin-qizlarni o‘qitish uchun davlat xususiy sherikligi asosida To‘qimachilik sohasida alohida universitet tashkil qilamiz. Faqat ayollar uchun. Joylarda paxta, ipak va junchilik klasterlari ishtirokida universitetning texnikumlari ham ochiladi", - dedi Shavkat Mirziyoyev.
Undan tashqari prezident yangi o‘quv yilidan boshlab xotin qizlar uchun kontrak pulini to‘lash maqsadida 7-yilga foizsiz kreditlar berish boshlanishini va har yili 50 nafar xotin-qizlar xorijga o‘qishga jo‘natilishini alohida ta’kidlab o‘tdi.
Yangiliklar lentasi
0