“Uzbekistan Airways” Krasnodar va Rostov reyslarini Sochiga yo‘naltiradi

© Sputnik / Vladimir Sergeyev / Mediabankka o‘tishSamolet
Samolet - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.03.2022
Obuna bo‘lish
24 fevraldan boshlab Rossiyaning Rostov-na-Donu va Krasnodar shaharlaridagi aeroportlari yopilgani sabab bu yo‘nalishdagi reyslarini bekor qilgan edi.
TOShKENT, 3 mar — Sputnik. “Uzbekistan Airways” Krasnodar va Rostovga bekor qilingan reyslar o‘rniga Toshkent va Namangandan Sochiga qo‘shimcha reyslarni yo‘lga qo‘yadi. Bu haqda aviakompaniya matbuot xizmati xabar bermoqda.
Aviaqatnovlar 3-martdan 26-martgacha amalga oshiriladi. Qo‘shimcha reyslar Rossiya tomonidan havo hududining bir qismi yopilishi bilan sababli joriy qilingan.
Eslatib o‘tamiz, “Uzbekistan Airways” 24-fevraldan boshlab Rossiyaning Rostov-na-Donu va Krasnodar shaharlaridagi aeroportlar yopilgani sabab bu yo‘nalishdagi reyslarini bekor qilgan edi.

Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

21 fevral kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin DXR va LXR rahbarlarining ular suverenitetini tan olishni so‘rab qilgan murojaatlariga javoban tegishli farmonlarga imzo chekdi. 24-fevral kuni esa Donbass hududida maxsus harbiy operatsiya boshlanganini e’lon qildi. Ushbu maxsus harbiy operatsiyaning maqsadi – Ukrainadagi harbiy infratuzilmani yo‘q qilish va uni millatchilardan tozalash.
Rossiya Mudofaa vazirligi xabariga ko‘ra, Rossiya Qurolli kuchlari aniq nishonga oluvchi qurollar yordamida Ukraina hududidagi harbiy obyektlarni yo‘q qilmoqda, shaharlariga, tinch aholiga zarba berilgani yo‘q.
Yangiliklar lentasi
0