Migratsiya

Oʻzbekiston fuqarolari Yaponiyaga maxsus maqomda ishga taklif qilinmoqda

© AFP 2022 / Mandel NGANFlag Yaponii
Flag Yaponii - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 04.03.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Imtihondan oʻtib, Yaponiyaga maxsus maqom bilan borgan oʻzbekistonliklarga kamida $1800 maosh toʻlab beriladi.
TOSHKENT, 4 mar - Sputnik. Endilikda yapon tili va tanlagan kasbga oid maxsus testdan oʻtgan oʻzbekistonliklar "maxsus malakali ishchilar" maqomiga ega boʻladilar. Bu ularga kun chiqar mamlakatda kamida 1800-2000 dollarlik maosh bilan 10 yilgacha ishlash imkonini beradi. Bu haqda AOKA oʻtkazilgan brifingda Bandik va mehnat munosabatlari vazirligi maʼlum qildi.
Yaponiyada ishlaydiganlar qanday imkoniyatlar ega boʻladi ?
Fuqaro ishsiz boʻlgan taqdirda oʻqish xarajatlari bandlik jamgʻarmasi tomonidan qoplab beriladi.
Testdan muvaffaqiyatli oʻtgan nomzodlarning test xarajatlari qaytariladi.
Ish beruvchi bilan shartnoma qilingan taqdirda yoʻlkira xarajatlari ish beruvchi tomonidan qoplab beriladi.
Oylik maoshlar yapon fuqarolariga belgilangan stavka asosida toʻlanadi.
Tibbiy va ijtimoiy sugʻurta, nafaqa bilan taʼminlanadi.
Ish almashtirish imkoniyati ham beriladi.
5 yildan soʻng oilani olib ketish uchun imkoniyat yaratiladi.
Mehnat migrantlarining farzandlari yapon maktablarida bepul oʻqishlari mumkin boʻladi.
"Maxsus malakali ishchi” maqomini qanday olish mumkin ?
Fuqarolar avvalo “Ishga marhamat” Monomarkazlarida tashkil etiladigan test sinovlaridan oʻtishlari lozim. Mazkur testlar ilk bor 9-19 mart kunlari Toshkent shahrida oʻtkaziladi. Endilikda mazkur testlar yilda 6 marta muntazam ravishda amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
Testlardan oʻtish uchun qayerga murojaat qilish kerak?
Maxsus malaka testlariga tayyorlanish uchun monomarkazlardagi "Yapon tili va kasbiy malaka testga tayyorlov markazlari"da yaponiyalik mutaxassislar yordamida 4 oylik oʻqishlar tashkil etilgan.
Ularda taʼlim olish uchun Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining "labormigration" dasturidan roʻyxatdan oʻtish kerak. Shundan keyin vazirlikning hududiy Bandlikka koʻmaklashish markazlariga murojaat qilib, "Yapon tili va kasbiy malakaga oʻqish uchun" yoʻllanmani Yapon tili va kasbiy malaka markazi xodimlariga taqdim etishi kerak.
Qaytib kelgandan soʻng
Qayd etish lozim, Oʻzbekistonga qaytib kelgan fuqarolar Yaponiya tajribasi asosida tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishi va oʻz bizneslarini ochishda koʻmak olishlari mumkin.
Mehnat migrantlari oʻz mamlakatlariga qaytish oldidan oylik hisobidan yechib olingan nafaqa summasini qaytarib olishlari mumkin.
Maʼlumot uchun
Yaponiya davlatida demokrafik inqiroz yuzaga kelganligi bois, xozirgi kunda mamlakatdagi 150 ta ishchi oʻrniga 100 ta ishchi toʻgʻri kelmoqda. Hukumat qolgan 50 ta oʻrinni chet ellik maxsus malakaga ega ishchilar bilan toʻldirishni reja qilgan.
Yaponiyada 2019 yilning aprel oyida “Maxsus malakali ishchi (MMI)” deb nomlanuvchi yangi rezidentlik maqomi joriy qilingan edi. Shunga koʻra, mamlakat 2025 yilga qadar 325 ming nafar chet ellik ishchilarni jalb qilmoqchi. Endilikda Oʻzbekiston fuqarolari ham mazkur dasturda ishtirok etishlari mumkin.
2022 yilning 1 mart oyidan boshlab Yaponiya chet ellik talabalar va ishchilarga oʻz chegaralarini ochdi. Yaponiyaga ketishni xoxlovchilar yapon tilini bilish darajasi boʻyicha imtihon sinovlaridan va tegishli mutaxassisliklar boʻyicha amaliyot imtihonidan oʻtishi lozim. Test sinovidan oʻtgan oʻzbekistonliklar oʻzlari tanlagan korxonada 5 yildan 10 yilgacha ishlarshlari mumkin boʻladi.
Yangiliklar lentasi
0