Situatsiya na granitse Krыma s Ukrainoy - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21 fevral kuni Donetsk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini eʼlon qildi, 24 fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini maʼlum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarogʻ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Rossiya Qurolli kuchlari haqida feyk xarbar tarqatganlar 15 yilga qamalishi mumkin

© Sputnik / Natalya Seliverstova / Fotobankka oʻtishGosudarstvennaya Duma RF
Gosudarstvennaya Duma RF - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 04.03.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Yangi qonunga koʻra, soxta maʼlumotlar ogʻir oqibatlarga olib kelsa, bunday jinoyat uchun 15 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi qoʻllanilishi mumkin.
TOSHKENT, 4 mar - Sputnik. Rossiya Davlat Dumasi Qurolli kuchlar haqida soxta xabar tarqatuvchilar uchun katta jarima va qamoq jazosini nazarda tutuvchi choralar toʻgʻrisidagi qonunni uchinchi oʻqishda tasdiqladi.
“Qonun loyihasi zudlik bilan Federatsiya Kengashiga yuboriladi, bugun soat 14:00 da Federatsiya Kengashida yigʻilish boʻlib oʻtadi, Federatsiya Kengashi maʼqullaganidan keyin qonun loyihasi prezident stoliga tushadi”, — dedi spiker Vyacheslav Volodin.
Yangi qonunga koʻra, Rossiyaning Jinoyat va Jinoyat-protsessual kodekslariga oʻzgartirishlar kiritiladi.
Hujjatda qayd etilishiga koʻra, soxta maʼlumotlar ogʻir oqibatlarga olib keladigan boʻlsa, bunday jinoyat uchun 15 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi qoʻllanilishi mumkin.
Shuningdek, Rossiya Qurolli kuchlari toʻgʻrisida qasddan yolgʻon maʼlumot tarqatish uchun:
700 mingdan - 1,5 million rublgacha jarima;
bir yilgacha axloq tuzatish ishlari;
uch yilgacha majburiy mehnat;
shu muddatga ozodlikdan mahrum qilish.
Agar jinoyat mansabdor shaxs tomonidan yoki bir guruh shaxslar tomonidan uyushgan holda, dalillarini soxtalashtirish yoʻli bilan, gʻarazgoʻylik maqsadida sodir etilgan boʻlsa, mafkuraviy, irqiy, milliy yoki diniy adovat yoki biror ijtimoiy guruhga nisbatan nafrat uygʻotilishiga sabab boʻlsa, jazo quyidagicha boʻlishi mumkin:
3 milliondan 5 million rublgacha jarima;
besh yilgacha majburiy mehnat, yoki ushbu muddatga muayyan lavozimlarni egallash yoki muayyan faoliyat bilan shugʻullanish taʼqiqi;
5 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish.
Qonun loyihasida, shuningdek, Rossiyaga qarshi sanktsiyalar qoʻllash chaqiriqlari uchun jazo nazarda tutilgan. Jazo - 500 ming rubl jarimadan tortib 3 yilgacha ozodlikni cheklash yoki 6 oy qamoq jazosigacha boʻlishi mumkin.
Avvalroq TIV matbuot kotibi Mariya Zaxarova hozirda Rossiya harbiylarining Ukrainadagi harakatlariga oid “Ulkan feyklar oqimi” mavjudligini aytgan edi. Ularni yaratish va tarqatish bilan xorijiy razvedka xizmatlari shugʻullanishini, NATO esa ularni muvofiqlashtirayotgani maʼlum qilingan edi.
Eslatib oʻtamiz, Rossiya prezidenti Vladimir Putin 21 fevral kuni Donbass respublikalarining mustaqilligini tan olishini eʼlon qilgan edi. Shundan soʻng, 24 fevral kuni Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlandi. Uning maqsadi Ukrainani demilitarizatsiya qilish va millatchilardan tozalash. Harbiy operatsiya davomida Rossiya Qurolli kuchlari faqat Ukraina harbiy infratuzilmasiga zarba bermoqda, tinch aholi va shaharlarga zarba berilayotgani yoʻq.
Yangiliklar lentasi
0