Migratsiya

Migrantlar va ularning oila aʼzolariga moddiy yordam koʻrsatiladi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovNatsionalnaya valyuta Uzbekistana — sum
Natsionalnaya valyuta Uzbekistana — sum - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 05.03.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Mehnat migratsiyasiga chiqib ketgan fuqarolarning oila aʼzolariga yordam pullari va yoʻllanmalar berishda qator shartlar eʼtiborga olinadi.
TOSHKENT, 5 mar — Sputnik. Xorijda ishlayotgan fuqarolar va ularning oila aʼzolariga moddiy yordam beriladi. Bu prezident 2022 yil 3 mart kuni imzolagan tegishli qarorda koʻzda tutilgan.
Qarorga koʻra, 2022 yil 1 iyundan Rossiya, Turkiya hamda Qozogʻistonning tegishli hududlarida (12 ta)Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining vakillik instituti joriy qilinadi. Mazkur hududlarning har biriga kamida 2 nafar vakil biriktiriladi.
2022 yil 1 maydan har yili hokim yordamchilari yozma tavsiyanomasiga asosan:
boquvchisi xorijga mehnat migratsiyasiga chiqib ketgan va “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida roʻyxatda boʻlgan oilalarga BHMning 2 baravari (540 ming soʻm) miqdorida bir martalik moddiy yordam koʻrsatiladi;
mehnat migratsiyasiga chiqib ketgan fuqarolarning “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida roʻyxatda boʻlgan yoki “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari” (daftarlar)dan biriga kiritilgan, nogironligi boʻlgan oila aʼzolariga dori-darmon, nogironlik aravachalari, eshitish apparatlari va ortopedik mahsulotlar xarid qilish uchun BHMning 5 baravari (1 mln 350 ming soʻm) miqdorida bir martalik moddiy yordam koʻrsatiladi;
migrantlarning Oʻzbekistonda ular bilan birga yashovchi pensiya yoshiga yetgan yoki I va II guruh nogironligi boʻlgan oila aʼzolariga kasaba uyushmalari tizimidagi sanatoriy va profilaktik davolanish muassasalariga bir martalik bepul yoʻllanmaberiladi.
Shuningdek, mahallalardagi yoshlar yetakchilarining yozma tavsiyanomasiga asosan “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida roʻyxatda boʻlgan yoki “daftarlar”dan biriga kiritilgan hamda mehnat migratsiyasiga chiqib ketgan fuqarolarning bolalariga mavsumiy faoliyat yuritadigan oromgohlarga bepul yoʻllanmalar beriladi.
Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining mablagʻlari hisobidan mehnat migratsiyasiga chiqib ketgan fuqarolarning oila aʼzolariga yordam pullari va yoʻllanmalar berishda:
yordam pullari va yoʻllanmalar basharti mehnat migratsiyasiga chiqib ketgan fuqarolar “Labor migration” dasturiy majmuasida roʻyxatdan oʻtgan boʻlsa beriladi;
talabgorlar Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga “Labor migration” dasturiy majmuasi orqali elektron murojaat qiladi.
Qarorga koʻra, xorijda vaqtinchalik ishlayotgan va taʼlim olayotgan oʻzbekistonlik yoshlarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida “Xorijdagi yoshlar balansi” shakllantirilib, ular toʻgʻrisidagi maʼlumotlar “Yoshlar portali” elektron platformasiga kiritib boriladi.
2022 yil 1 martdan “daftarlar”dan biriga kiritilgan va tashkillashtirilgan mehnat migratsiyasi yoʻli bilan vaqtinchalik ishlash uchun xorijga chiqib ketayotgan fuqarolarga ham 10 million soʻmgacha miqdorda bir yil muddatga miqroqarzlar beriladi.
Shuningdek, 2023 yil 1 yanvargacha quyidagilar boʻyicha kompensatsiyalar toʻlanadi:
xorijiy tillar yoki kasb boʻyicha malaka imtihonlarini topshirish bilan bogʻliq xarajatlarini qoplash uchun, basharti ular muvaffaqiyatli topshirilganda – BHMning 3 baravari(810 ming soʻm) miqdorida;
yoʻl chiptasini xarid qilish boʻyicha – BHMning 2 baravari (540 ming soʻm) miqdorida;
“ishchi viza”ni rasmiylashtirish boʻyicha – BHMning 5 baravari (1 mln 350 ming soʻm) miqdorida.
Yangiliklar lentasi
0