Situatsiya na granitse Krыma s Ukrainoy - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21 fevral kuni Donetsk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini eʼlon qildi, 24 fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini maʼlum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarogʻ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Ukrainada millatchilar xorijiy talabalarni garovda ushlab turibdi - Shoygu

© Ministerstvo oboronы RF / Fotobankka oʻtishMinistr oboronы RF Sergey Shoygu
Ministr oboronы RF Sergey Shoygu - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 05.03.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Ukraina harbiylari va millatchi toʻdalari Ukrainada minglab xorijiy talabalarni garovga olgan, hukumat ham bunga koʻz yummoqda.
TOSHKENT, 5 mar - Sputnik. Ukraina harbiylari va millatchi guruhlari respublika hududida taʼlim olgan minglab xorijiy talabalarni garovda ushlab turibli, deb xabar qildi Rossiya Mudofaa vaziri Sergey Shoygu.
Millatchilar Xarkov vokzalida 3 mingdan ortiq Hindiston fuqarolarini garovga olgan, ularning aksariyati - talabalar. Ular Xarkovni piyoda tark etmoqchi boʻlganda ularni qurol ostida ortga qaytishga majbur qilishgan.

"Sumi shahrida ham koʻp sonli xorijiy talabalar kuch bilan ushlab turilibdi. Millatchilar Xarkovni tark etmoqchi boʻlgan xitoylik talabalarni ham oʻqqa tutishgan. Ulardan ikki nafari yarador boʻlgan. Yuzlab xorijiy fuqarolar janglar boʻlayotgan hududlarni tark etmoqchi, lekin ularga ruxsat berishmayapti", - dedi Rossiya Mudofaa vaziri BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish bilan boʻlgan suhbatda.

Bir necha kun oldin Afrika davlatlaridan kelgan talabalar Ukraina hududini tark etishda jiddiy qiyinchiliklarga duch kelgani haqida xabar bergan edik. Xususan, ular Ukraina hududida irqchilik va kamsitishlarga duch kelayotgani, chegara tomon borayotgan avtobus va poyezdlarga chiqarmaslik holatlari, chegaradan oʻtkazmasdan bir necha kun davomida kutishga majbur qilinayotgani haqida xabar bergan edik.
Rossiya Qurolli kuchlari Ukraina hukumati bilan erishilgan kelishuvga asosan Mariupol va Volnovaxa shaharlarini tark etish uchun 5 mart kuni soat 10:00 dan boshlab tinchlik koridori tashkil qilgan edi. Lekin jangarilar aholiga shaharlarni erkin tark etishga ruxsat bermayapti, - deb xabar qildi Rossiya MV bir necha soatdan soʻng.
Xususan, Volnovaxani 24 fuqaro tark etgan, Mariupoldan esa hech kim chiqmagan. Biroz oʻtib Mariupolda jangarilar tinch aholi yashaydigan koʻp qavatli uyni portlatib yuborgani va buzilgan bino ostida 200 kishi qolib ketgani haqida xabar qilindi.
Eslatib oʻtamiz, Rossiya prezidenti Vladimir Putin Donetsk va Lugansk respublikalari soʻroviga binoan ushbu ikki respublikani tan olish toʻgʻrisida farmonni imzolagan edi. 24 fevral kuni erta tongda esa Ukrainani qurolsizlantirish va millatchilardan tozolash boʻyicha harbiy operatsiya boshlandi. Rossiya Mudofaa vazirligi xabariga koʻra, zarbalar faqat harbiy infratuzilma va oʻq-dori omborlariga berilmoqda, tinch aholi turar joylari va shaharlarga zarba berilgani yoʻq. Ikkala tomondan ham qurbonlar bor.
Yangiliklar lentasi
0