Sport

Oʻzbekistonlik sportchi dzyudo boʻyicha Yevropa chempioni boʻldi

© NOKUtkirbek Turaboyev stal chempionom Yevropы po dzyudo
Utkirbek Turaboyev stal chempionom Yevropы po dzyudo - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 07.03.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Bu eng ogʻir vazn toifasida ishtirok etgan oʻzbkistonlik yosh sportchining xalqaro maydondagi dastlabki yirik gʻalabasi boʻldi.
TOSHKENT, 7 mar - Sputnik. Chexiya poytaxti Pragada dzyudo boʻyicha boʻlib oʻtgan Yevropa ochiq chempionatida Oʻzbekistonlik polvon Oʻtkirbek Toʻraboyev oltin medalni qoʻlga kiritdi, deb xabar qilmoqda Olimpiya qoʻmitasi.
Eng ogʻir vazn toifasida musobaqada ishtirok etgan Toʻraboyev, saralash bosqichida Moʻgʻuliston, Italiya, Ruminiya vakillarini, yarim final va finalda germaniyalik ikki taniqli dzyudochilarni magʻlub etishni uddaladi.
Eslatib oʻtamiz, kechagi bahslar doirasida Rahimjon Subhonov - 66 kg vazn toifasida bronza medaliga sazovor boʻlgan edi. Shu tariqa, jamoamiz ushbu musobaqani 1 tadan oltin va bronza medallari bilan yakunladi.
Yangiliklar lentasi
0