Rossiya

Rossiyada naqd valyuta operatsiyalari uchun vaqtinchalik tartib tasdiqlandi

© Sputnik / Vladimir Trefilov / Fotobankka oʻtishDenejnыe kupyurы
Denejnыe kupyurы - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 09.03.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Rossiyada naqd valyuta operatsiyalari uchun vaqtinchalik tartib tasdiqlandi
Rossiya banki naqd valyuta operatsiyalari uchun vaqtinchalik tartibni joriy qildi
Tartib 9 martdan 9 sentyabrgacha amal qiladi:
▪️ xorijiy valyutadagi hisob va depozitlardagi barcha mijozlar mablagʻlari depozit valyutasida saqlanadi va hisobga olinadi, omonat va hisobvaraqlar uchun shartlar oʻzgarmaydi, foizlar odatdagidek omonat ochilgan valyutada hisoblanadi.
▪️ 10 000 $gacha naqd xorijiy valyutani yechib olish mumkin.
▪️ bu summadan yuqori valyutani faqat bozor kursi boʻyicha rublda yechib olish mumkin.
▪️ valyutani istalgan xorijiy valyutadagi hisobvaraqlardan faqat AQSH dollarida yechib olish mumkin (pul beriladigan kundagi bozor kursida)️ valyutani bank kassasidan olish mumkin.
▪️ 9 sentyabrgacha banklar fuqarolarga naqd pul sotmaydi (shu bilan birga, fuqarolar oʻzlarida mavjud boʻlgan valyutani cheklovlarsiz rublga almashtirishlari mumkin), Sberbank oʻz bayonotida maʼlum qilishicha, mijozlar naqdsiz valyutani onlayn xarid qilganda cheklovlarsiz amalga oshirish mumkin.
▪️ yangi valyuta hisobvaraqlari va omonatlarini ochish mumkin, lekin ulardan 9 sentyabrgacha pulni beriladigan kundagi bozor kursi boʻyicha rublda yechib olish mumkin.
Rossiya banklaridagi xorijiy valyutadagi hisoblarning qariyb 90 foizi 10 000 dollardan oshmaydi, yaʼni xorijiy valyutadagi depozitlar yoki hisobvaraqlar egalarining 90 foizi oʻz mablagʻlarini toʻliq naqd pulda olishi mumkin, deb maʼlum qildi Rossiya banki.
Yangiliklar lentasi
0