Turizm

Rossiyalik sayyohlarning oqimi Oʻzbekistonga koʻpayadi – ekspertlar

© Sputnik / Mariya NaumenkoArxitekturnыy kompleks Ichan-Kala v Xive. Vid s obzornoy ploщadki
Arxitekturnыy kompleks Ichan-Kala v Xive. Vid s obzornoy ploщadki - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 09.03.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Sayyohlarga "barchasi ichida" tizimiga ega va "Mir" toʻlov kartalari qabul qilinadigan mamlakatlarga borish tavsiya etildi.
TOSHKENT, 9 mar — Sputnik. Rossiyalik turoperatorlari "barchasi ichida" tizimi bor va "Mir" toʻlov kartalari qabul qilinadigan mamlakatlarga talab koʻpayishini bashorat qilishmoqda.
ATOR xabariga koʻra, "barchasi ichida" tizimiga ega mamlakatlarga Turkiya, Tunis, Misr hamda Maldiv va BAAdagi qator mehmonxonalar ana shunday shaklda ishlaydi. Parvozlar tiklanganidan soʻng ular qatoriga Kuba, Dominikan, Meksika qoʻshilishi mumkin.
Sayyohlar uchun "Mir" kartalarini qabul qiladigan eng koʻp terminal va bankomatlarga ega mamlakatlar sifatida Oʻzbekiston, Belarus, Armaniston, Qirgʻiziston Abxaziya va Janubiy Osetiya tavsiya qilingan.
“Faqat ikkita haqiqiy ommabop yoʻnalish bor – Belarus va Abxaziya. Lekin shunday sharoitlarda Oʻzbekistonga ham sayyohlar oqib kelishi mumkin”, - deyishmoqda ekspertlar.
Shuningdek, Qozogʻiston, Tojikistonda ham "Mir" kartalari qisman qabul qilinishi maʼlum qilingan.
Yangiliklar lentasi
0