Video

UQK Zaporojye AESda nima yashirgandi – video

Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Zaporojye AESdagi vaziyat toʻliq Rossiya Milliy gvardiyasi nazorati ostiga oʻtdi, stantsiya xodimlari shtat rejimida ishlamoqda.
Bu haqda Rosgvardiya vakili maʼlum qildi. Uning soʻzlariga koʻra, 240 ga yaqin odam, jumladan, 50 nafar ayol qurollarini topshirgan va jangovar harakatlarda ishtirok etmaslik boʻyicha hujjatlarni imzolaganlaridan soʻng, stantsiya hududidan olib chiqilgan va uylariga joʻnatib yuborilgan.
Rosgvardiya vakilining taʼkidlashicha, AES hududida 500 dona qurol hamda oʻq-dori aniqlangan.
“Bu oʻq-dorilarni stantsiyaning energiya bloklarida aniqladik. Yaʼni mudofaa jangini olib borishga juda jiddiy tayyorgarlik koʻrishgan”, - deya xulosa qildi u.
Eslatib oʻtamiz, Rossiya prezidenti Vladimir Putin Donetsk va Lugansk respublikalari soʻroviga binoan ushbu ikki respublikani tan olish toʻgʻrisida farmonni imzolagan edi. 24 fevral kuni erta tongda esa Ukrainani qurolsizlantirish va millatchilardan tozalash boʻyicha harbiy operatsiya boshlandi. Rossiya Mudofaa vazirligi xabariga koʻra, zarbalar faqat harbiy infratuzilma va oʻq-dori omborlariga berilmoqda, tinch aholi turar joylari va shaharlarga zarba berilgani yoʻq. Ikkala tomondan ham qurbonlar bor.
Yangiliklar lentasi
0