Dunyoda

Tojik-qirgʻiz chegarasida yana otishma: qurbonlar bor

© Sputnik / Emil SadыrovPogranichnik respubliki Kыrgыzstan vo vremya slujbы. Arxivnoye foto
Pogranichnik respubliki Kыrgыzstan vo vremya slujbы. Arxivnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 10.03.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Tojikiston va Qirgʻiziston chegarasi yana notinch. 10 mart kuni otishma sodir boʻldi.
TOSHKENT, 10 mar — Sputnik. 10 mart kuni Qirgʻiziston va Tojikiston chegarachilari oʻrtasida otishma roʻy berdi, deb xabar bermoqda Sputnik Qirgʻiziston.
Qirgʻiziston Milliy xavfsizlik davlat qoʻmitasin chegara xizmati maʼlumotlariga koʻra, Tojikiston Chegara qoʻshinlari naryadi Botken tumani, Teskey tumanidagi belgilanmagan uchastkasida navbatchilik paytida avval foydalanilgan marshrutni oʻzgartirib, chegara chizigʻidan tashqariga oʻtishgan. Qirgʻizistonliklar ulardan bu uchastkani tark etishni talab qilishgan.
Taʼkidlanishicha, Tojikiston chegarachilari turgan joyga qoʻshimcha kuch yetib kelgan. Keyin ular oʻzlarining son jihatdan ustunliklaridan foydalanib, qoʻshni davlat chegarasi hududiga oʻtishga urinishgan.
Qirgʻiz chegarachilari qarshilik koʻrsatishgan. Natijada otishma boshlangan. Qirgʻiziston tomonida halok boʻlganlar va jarohatlanganlar yoʻq.
Tojik-qirgʻiz chegarasida kelishmovchilik yuz berdi - video
Ikki mamlakat chegarachilari chegara otryadlarini hodisa joyidan olib ketishga qaror qilishgan. Hozir muzokaralar boʻlib oʻtmoqda.
Qirgʻiziston chegara xizmatining taʼkidlashicha, Teskey hududi davlat chegarasining belgilanmagan uchastkasi boʻlib, aslida Qirgʻiziston fuqarolari tomonidan foydalanilmoqda.
Oʻz navbatida Sputnik Tojikiston nashrining Chorkuh aholisi bergan maʼlumotlarga tayanib yozishicha, tojik-qirgʻiz chegarasida hodisa oqibatida bir kishi halok boʻlgan. Tasdiqlanmagan maʼlumotlarga koʻra, bu isfaralik chegarachi.
Chorkuh qishlogʻida istiqomat qiluvchi fuqaroning soʻzlariga koʻra, 10 mart kuni ertalab qirgʻizistonlik chegarachilar oʻz yerlarida daraxt ekayotgan qishloqning bir necha aholisiga qarata oʻt ochishgan.
Tojikiston va Qirgʻiziston chegarani demarkatsiya qilishga kelishib oldi
Mahalliy hukumat vakili rasmiylar hodisa joyiga joʻnab ketishganini maʼlum qilgan.
Hozircha rasmiy Dushanbe hodisaga rasman munosabat bildirmagan.
Yangiliklar lentasi
0