Jamiyat

Ukrainadan Moldovaga oʻtgan oʻzbekistonliklar Ruminiya orqali evakuatsiya qilinadi

© Sputnik / Ilya Naymushin / Fotobankka oʻtishSamolet Boeing-747-8F
Samolet Boeing-747-8F - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 10.03.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Bu kunga qadar Ukraina hududlardan 5 282 nafar oʻzbekistonlik qaytarilgan.
TOSHKENT, 10 mar — Sputnik. Ukrainadan Moldovada boʻlgan 94 nafar oʻzbekistonlikni maxsus reys bilan Ruminiyaning Buxarest aeroportidan evakuatsiya qilish rejalashtirilgan. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili maʼlum qildi.

“Moldova hududida boʻlgan 94 nafar fuqaro Oʻzbekiston diplomatlari hamrohligida Moldova-Ruminiya chegarasini kesib oʻtdi. Ularni maxsus reys bilan Buxarest aeroportidan evakuatsiya qilish rejalashtirilgan”, - deyilgan xabarda.

Qayd etilishicha, 2022 yil 9 mart kuni Ukrainadan Polshaning Katovitse aeroporti orqali 245 nafar Oʻzbekiston fuqarosi, shu jumladan 35 nafar ayol, 20 nafar voyaga yetmagan shaxs va 3 nafar chaqaloq olib kelindi.
28 fevraldan 10 martga qadar 22 ta aviareys tashkillashtirilgan. Ukraina hududlardan 5 282 nafar oʻzbekistonlik qaytarilgan.
Yangiliklar lentasi
0