Onkologiya - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 21.01.2022
Bu qiziq
Ushbu ruknimizda ilm-fan, inson sogʻligi, foydali va zararli oziq-ovqatlar, parhez taomlar, shifokorlar maslahati va boshqa barcha uchun qiziqarli maʼlumotlar bor.

Shirinlikka boʻlgan xohishni qanday yengish mumkin- endokrinolog tavsiyasi

Domashniye blinchiki - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 11.03.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Shirinlik isteʼmol qilish istagi - bu psixoemotsional ehtiyoj, deydi shifokor-endokrinolog va parhezshunos Natalya Lazurenko.
Mutaxassisning soʻzlariga koʻra, shirinlikka boʻlgan istak organizmning uglevodli mahsulotlarga boʻlgan jismoniy ehtiyojni anglatmaydi, balki ayrim hollarda psixoemotsional mezonlarga bogʻliq. Shirinlikdan voz kechish uchun avvalo ruhiy-hissiy ehtiyojlar masalasini hal qilish lozim.
"Haddan tashqari koʻp shirinlik isteʼmol qilish turli xil ruhiy-hissiy buzilishlar va jismoniy kasalliklar tufayli yuzaga kelishi mumkin. Ovqatlanishni tartibga solish va umuman shirinliklar va oddiy uglevodlarga boʻlgan ishtiyoqni yengish uchun psixolog, psixoterapevt yoki ovqatlanish boʻyicha mutaxassis bilan muammolarni hal qilish mumkin”, - dedi mutaxassis.
Sabab aniqlangandan soʻng, shifokor tibbiy koʻrikdan oʻtishni tavsiya qildi. Bu bilan organizmga yetishmayotgan aniq vitaminlar va moddalarni aniqlashtirish mumkin. Aynan ular tanqisligi tufayli shirinlikka boʻlgan ehtiyoj paydo boʻladi.
“Miyamiz ovqatlanish buzilishini dozaga bogʻliq holda qoʻzgʻatadi. Agar ertalab bir portsiya shirinlik qoldirsak, kun davomida oʻzimizni mazali taomlardan cheklasak, miyamiz bu taomning yetishmasligi haqida signal beradi. Miya shirinlikdan olinadigan zavqni uzaytirish uchun harakat qiladi. Shunday qilib, biz shirinliklar miqdorini asta-sekin koʻpaytira boshlaymiz, bu esa buzilishlarga olib kelishi mumkin. Miyamiz bizni aldamasligi uchun, oʻzimizga “Nega shirinlikni koʻp yeyapman” deya savol berishimiz lozim. Savolga javob qidirish oziq-ovqatga ruhiy-hissiy va jismoniy qaramlikka qarshi keng qamrovli kurashni boshlash imkonini beradi”, -deydi Lazurenko.
Shifokorning fikricha, shirinlikdan voz kechish uchun kunlik ratsionni oddiy uglevodlar: shakar, non va qayta ishlangan mahsulotlarni qoʻshgan holda qayta tuzish lozim. Shifokorning soʻzlariga koʻra, oddiy uglevodlar organizmda insulin va glyukoza miqdorini maksimal oshiradi va bu bilan organizmning uglevodlarga boʻlgan jismoniy ehtiyojini patologik jarayonga oʻtkazadi.
“Shuningdek, oddiy shakarni biroz murakkab shirin mahsulotga almashtirish lozim. Bu oʻrinda asal yaxshi natija bermaydi, chunki u moddalar almashinuviga xuddi oq shakar kabi taʼsir qiladi. Bu vaziyatda oʻsimliklardan tayyorlangan shakar oʻrnini bosuvchi mahsulotdan foydalanish mumkin, masalan- steviya. Steviya- glyukoza va insulin miqdorini koʻtaradigan oʻsimlik va shakar va asal bilan solishtirganda u anchayin yengil”, - deydi endokrinolog.
Qadoqlangan sharbatlar oʻrniga endokrinolog yangi uzilgan meva yoki bir qancha rezavorlarni isteʼmol qilishni tavsiya qildi. Bu hazm qilish jarayoniga kerakli miqdorda kletchatka va foydali vitaminlar beradi.
Birinchi navli undan tayyorlangan nonni butun donli non yoki tarkibida kepak qoʻshilgan mahsulotlar bilan almashtirish kerak, chunki bunday non tayyorlanadigan un yanada murakkab va toʻyimli.
Endokrinologning taʼkidlashicha, barchaga individual yondashish zarur. Masalan, kimgadir zudlik bilan butunlay shirinlikdan voz kechish lozim, yana kimgadir bu zarar keltiradi, hissiy buzilishlarga olib keladi.
Yangiliklar lentasi
0