Situatsiya na granitse Krыma s Ukrainoy - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21 fevral kuni Donetsk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini eʼlon qildi, 24 fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini maʼlum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarogʻ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

YouTube Rossiya davlat media kanallarini bloklamoqda

© Sputnik / Ramil SitdikovVideoxosting YouTube
Videoxosting YouTube - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 11.03.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
YouTube zudlik bilan butun dunyo boʻylab Rossiya davlati tomonidan moliyalashtiriladigan media kanallarini bloklashini maʼlum qildi.
YouTube zudlik bilan butun dunyo boʻylab Rossiya davlati tomonidan moliyalashtiriladigan media kanallarini bloklashini maʼlum qildi. RIA Novosti.
“Biz hozir butun dunyo boʻylab Rossiya davlat OAVlari bilan bogʻliq YouTube kanallariga kirishni bloklayapmiz”, — deyilgan videoxosting bayonotida. Bu oʻzgartirish "darhol" kuchga kiradi.
Bundan tashqari, YouTube “uning siyosatini buzadigan” Rossiyaning Ukrainadagi maxsus operatsiyasi aks etgan barcha videolarni oʻchirib tashlashini maʼlum qildi.
YouTube oʻzini platformasida Rossiyada pul ishlashning barcha usullarini toʻxtatdi.
YouTube videoxostingi Google kompaniyasiga tegishli.
21 fevral kuni Vladimir Putin Donbass respublikalarining soʻrovlariga javoban va Davlat Dumasi deputatlarining murojaatidan soʻng LXR va DXR suverenitetini tan olish toʻgʻrisidagi farmonlarni imzoladi.
24 fevral kuni erta tongda Rossiya Ukrainani demilitarizatsiya qilish boʻyicha harbiy maxsus operatsiyani boshladi. Putin uning maqsadini "sakkiz yil davomida Kiyev rejimi tomonidan tahqirlash va genotsidga uchragan odamlarni himoya qilish" deb atadi. Mudofaa vazirligi bayonotlariga koʻra, Qurolli kuchlar faqat Ukraina harbiy infratuzilma va qoʻshinlariga zarba bermoqda.
Shundan soʻng koʻplab Gʻarb davlatlari Moskvaga qarshi, birinchi navbatda, bank sektori va yuqori texnologiyali mahsulotlar yetkazib berishga qarshi keng koʻlamli sanktsiyalar joriy etdi. Bundan tashqari, koʻplab brendlar va xizmatlar mamlakatda faoliyatini toʻxtatishini eʼlon qildi.
Yangiliklar lentasi
0