Jamiyat

Qadimiy Talipoch qalʼa darvozasi devori oʻpirilib tushdi

© Foto: Madaniy meros agentligiTalipoch qalʼa darvozasi devori
Talipoch qalʼa darvozasi devori  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 13.03.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Buxoroda XVI asrga oid Talipoch qalʼa darvozasining chap tomon qalʼa devori yogʻingarchilik sabab qulab tushdi.
TOSHKENT, 13 mar — Sputnik. Buxoro shahridagi “Talipoch qalʼa darvozasi” chap tomonidagi qalʼa devorining bir qismi qulab tushdi. Bu haqda Madaniy meros agentligi axborot xizmati xabar bermoqda.
Qalʼa devori 11 mart kuni mutasil yogʻingarchilik oqibatida qulab tushgan. 12 mart kuni 12 mart kuni Buxoro viloyat hokimligi, viloyat Madaniy meros va favqulodda vaziyatlar boshqarmalari, Buxoro mintaqaviy restavratsiya markazi masʼul xodimlari va maxsus ekspertlaridan iborat jamoatchilik ilmiy maslahat kengashi aʼzolari hodisa joyida oʻrganish ishlarini olib borgan.
© Foto: Madaniy meros agentligiTalipoch qalʼa darvozasi devori
Talipoch qalʼa darvozasi devori  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 13.03.2022
Talipoch qalʼa darvozasi devori
XVI asrga oid Talipoch qalʼa darvozasi 2003 yilda qayta tiklangan. Oʻtgan yillar davomida qalʼa atrofidagi devorning chap qanoti ortidagi madaniy qatlamlarning choʻkishi, qoplama devorlarida yoriqlar paydo boʻlishi hamda mart oyida kuzatilgan doimiy yogʻingarchilik devorning choʻkishi va qulab tushishiga olib kelgani aniqlangan.
Taʼkidlanishicha, Talipoch qalʼa darvozasi 2022 yil davomida asrashga doir ishlar amalga oshiriladigan moddiy madaniy meros koʻchmas mulk obʼyektlarining manzilli roʻyxatiga kiritilgan.
Hozirda soha mutasaddilari va mutaxassislar tomonidan mazkur obʼyektning atrofini oʻrab olish, mazkur hududda yashovchi fuqarolar va obʼyektga tashrif buyuruvchi sayyohlar xavfsizligini taʼminlash choralari koʻrilgan. Shuningdek, Buxoro viloyati Madaniy meros boshqarmasi va ekspertlar tomonidan obʼyektning texnik holati oʻrganilib va uni tezkorlik bilan qayta tiklash choralarini koʻrish boʻyicha muhokamalar olib borilgan.
Madaniy meros agentligi obʼyektda 2003 yilda restavratsiya ishlari amalga oshirilgan boʻlsa-da, shoshma-shosharlikka yoʻl qoʻyilgani, taʼmirlash ishlari malakali ustalar tomonidan olib borilmagani oʻz taʼsirini koʻrsatganini bildirgan.
“Endilikda bu kabi kamchiliklarning oldini olish maqsadida Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligi tomonidan madaniy meros obʼyektlarini restavratsiya ishlarini puxta oʻylangan reja asosida, malakali mutaxassislar ishtirokida amalga oshirish choralari koʻrilmoqda”, — deyiladi xabarda.
Yangiliklar lentasi
0