Rossiyaga qarshi sanksiyalar Yevropa iqtisodiyotini qulatmoqda

© REUTERS / Andrew BoyersPovishennie seni na toplivo na zapravochnoy stansii v Long-Strattone, Velikobritaniya
Povishennie seni na toplivo na zapravochnoy stansii v Long-Strattone, Velikobritaniya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.03.2022
Obuna bo‘lish
G‘arb matbuoti iqtisodiyotimiz uchun o‘ta og‘ir kunlarni bashorat qilib Rossiyaga qarshi joriy qilingan sanksiyalarni ishtiyoq bilan sanamoqda.
Ba’zi nashrlar mamlakatni kafolatlangan defolt kutayotgani borasida ham kelishib olishgan. Rossiyaning qulashi haqidagi orzulariga tobora chuqurroq kirib borayotgan xorijiy nashrlar negadir o‘zining moliya va sanoat tizimi holatini chuqur tahlil qilish masalasi bilan boshini og‘ritmayapti. U yerda esa tahlil uchun arzirli masalalar yetarlicha.
O‘tgan payshanba kuni Maytingenedagi nemis Lech-Stahlwerk po‘lat zavodi, shuningdek, Ispaniyaning Portland Valderrivas Cementossement zavodi ishlab chiqarishni to‘liq to‘xtatganini ma’lum qildi. Butun Bavariyadagi yagona po‘lat zavodining mingdan ortiq xodimlari ham va ularning sement zavodlaridagi ispaniyalik hamkasblari ham muddatsiz ta’tilga jo‘natilgan. Kompaniyalar rahbariyati elektr energiya narxi sanoat iste’molchilariga bir megavatt uchun ikki yuz yevrodan pastga tushmaguncha zavodlar ishlab chiqarishni qayta tiklay olmasligini rasmiy ravishda hukumatga ma’lum qilgan.
Kunning yangiliklari shu bilan tugagani yo‘q, chunki Germaniyaning Delkeskamp Packagingwerke qog‘oz fabrikasi ham ishni davom ettira olmasligi haqida xabar berdi. Fabrika egalari, iloji boricha tezroq elektr energiyasini normal yetkazib berishni tiklash va sanoat iste’molchilari uchun narx siyosatini qayta ko‘rib chiqishni so‘rab federal hukumatga maktub yo‘llagan.
Bir necha kun oldin, qishloq xo‘jaligi o‘g‘itlarini ishlab chiqarish bo‘yicha dunyoda ikkinchi yetakchi bo‘lgan Norvegiyaning Yara kompaniyasi bergan bayonotga ko‘ra, tabiiy gazning rekord darajadagi yuqori narxlari zanjir bo‘ylab elektr energiyasi uchun teng rekord narxlarga olib keladi. Kompaniyaning Italiya va Fransiyadagi ikkita asosiy korxonasi ishlab chiqarishni 40 foizgacha qisqartirmoqda. Italiyaning Ferrara va Fransiyaning Gavr shaharlarida joylashgan zavodlar har yili bir million tonnadan ortiq ammiak va to‘qqiz yuz ming tonnaga yaqin karbamid ishlab chiqaradi. Ular agrosanoat sohasida o‘g‘it sifatida ishlatiladi. Muammoning jiddiyligini anglash uchun shuni yodda tutish kerakki, xuddi shu Yara o‘tgan yilning noyabr-dekabr oylarida chidab bo‘lmas energiya narxlari tufayli ishlab chiqarish sur’ati va ko‘lamini qirq foizga qisqartirgan edi. Aslida, gap hozir ishlab chiqarishning to‘liq to‘xtab qolish ehtimoli haqida ketmoqda - Yevropa bozorlari esa ogohlantirish bo‘yicha munosabat bildirgan - va o‘g‘itlarning ham ham, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, ya’ni birinchi navbatda g‘alla narxi yuqorilamoqda.
O‘tgan hafta Italiyaning Trasportounito yuk tashish assotsiatsiyasi yuk tashuvchilarning muddatsiz ish tashlaganini e’lon qildi. Sabab esa, taxmin qilganingizdek, Rossiyaga qarshi boshlangan sanksiyalar urushi bilan bevosita bog‘liq. Italiyada benzin va dizelning narxi bir litr uchun ikki yevrodan oshib ketdi. Bu esa avtomobil yuk tashish rentabelligini juda katta savol ostiga qo‘yadi. Transport kompaniyalari egalari oldida oddiy tanlov turibdi: yoki zarariga bo‘lsa ham ishlash yoki tovar tashish uchun narxlarni keskin oshirish. Bu esa buyurtmalar sonining keskin kamayishiga olib keladi. Qiyin ahvol.
Pandemiya sabab energiya inqirozining birinchi to‘lqinidan zo‘rg‘a chiqib ketgan Yevropa mamlakatlariga haqiqiy bo‘ron yaqinlashmoqda. Bo‘rondan esa hamma ham omon qola olmaydi. Bu shunchaki gap yoki mubolag‘a emas.
9 mart kuni Yevropa Komissiyasiga Yevropa sanoatining barcha asosiy tarmoqlari vakillari tomonidan imzolangan jamoaviy xat yuborilgan. Yevropa po‘lat assotsiatsiyasi (EUROFER), Yevropa sement assotsiatsiyasi (CEMBUREAU), Yevropa keramika sanoati assotsiatsiyasi (Cerame-Unie), Yevropa ferroqotishma ishlab chiqaruvchilar uyushmasi (EUROALLIAGES), Yevropa rangli metallar ishlab chiqaruvchilar uyushmasi (EUROMETAUX), Yevropa metall va Mineral qazib olish assotsiatsiyasi (EUROMINES), Yevropa keramzit assosiatsiyasi (EXCA) va Yevropa shisha sanoati birlashmasi (Glass Alliance Europe) Brusseldan energiya bozorini barqarorlashtirishda zudlik bilan choralar ko‘rishni talab qilmoqda.
Sanoatchilarning ogohlantirishicha, agar Yevrokomissiya elektr energiyasi narxining oshishini to‘xtatmasa, bu Yevropa sanoatining butunlay qulashiga va natijada iqtisodiy tanazzulga olib kelishi mumkin. E’tiborlisi, maktubda muqobil manbalar alohida tilga olingan. Yirik biznes vakillari, ehtiroslarga berilgan G‘arb jurnalistlari va ekofaollardan farqli o‘laroq, qayta tiklanadigan energiya manbalarini ishonchli energiya manbalari deb hisoblamaydilar va hukumatdan tabiiy gaz, neft va ko‘mir qanday va qay darajada sotib olinishi, shu jumladan, Rossiyadan yetkazib beriladigan mahsulotlar haqida to‘liq tushuntirish berishni so‘rashmoqda
Yana bir bor takrorlaymiz, bu yerda fantaziyalarimiz emas, balki statistik raqamlar keltirilgan.
Britaniya matbuoti aprel oyidagi neft fucherslari narxi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan yigirma baravarga oshganini xabar qilmoqda. Ukraina hududida maxsus operatsiya boshlangani va Rossiyaga qarshi sanksiyalar boshlanganidan beri Yevropa birjalarida tabiiy gaz narxi 79 foizga oshdi. Brent neftining bir barreli 140 dollardan sotilmoqda, ya’ni bor-yo‘g‘i ikki hafta ichida bir barreli o‘n foizga qimmatlashdi va bu 2008-yildagi tarixiy rekordga yaqinlashdi. O‘shanda bir barrel 147 dollar qiymatda edi. Agar birlamchi manbalar qimmatlashsa, elektr energiyasining narxi ham o‘zgarmasligi mantiqan to‘g‘ri. Buyuk Britaniyada o‘tgan haftada bir megavatt-soat narxi 345, Germaniyada esa 220 yevrodan oshdi.
Narxlarning osmonga bo‘y cho‘zayotgani fonida Yevropa yetakchilari Rossiyaga qarshi chiqishlar darajasini keskin kamaytirdi. Masalan, Olaf Shols Yevropa Moskvaga qarshi yangi sanksiyalar joriy etish uchun barcha imkoniyatlarini ishga solganini aytib o‘tdi. Boris Jonson esa hatto Rossiya va xalqining buyukligiga hech kim shubha qilmaganini tan oldi.
Aytgancha, Britaniyaga nisbatan bitta juda qiziq fakt bor.
Britaniyaning Daily Mail nashrining yozishicha, Ukraina maxsus operatsiyasi boshlanishidan roppa-rosa bir oy avval Buyuk Britaniya Rossiyadan energiya sotib olishga 2,6 milliard funt sterling sarflab, o‘ziga xos tarixiy rekord o‘rnatgan. 911,5 million funt sterlingga katta hajmdagi benzin va dizel, yana 32 million funt sterlingda energetik ko‘mir, metallurgiya koksi va ko‘mir briketlari, 590,4 million funt sterlingda xom neft va 289,1 million funt sterlingga Rossiya tabiiy gazi sotib qolingan.
Biz Britaniyaning Rossiya mudofaa vazirligida o‘z ma’lumot manbalari bor yoki yo‘qligini bilmaymiz. Biroq Londonning Rossiya bilan ko‘p asrlik do‘stona bo‘lmagan pozitsiyani egallaganiga qaramay undan favqulodda va rekord darajada energiya resurslarini sotib olishi shubhali ko‘rinadi. Biroq, ko‘rib turganimizdek, na Buyuk Britaniyaga va na birorta Yevropa mamlakatlariga xavfsizlik resursi yostig‘i yordam bermadi. Rossiyani jazolash uchun G‘arb davlatlari ittifoqi, o‘z sanoati va iqtisodiyotini to‘lik nokautga uchratmagan bo‘lsada, biroq uni chuqur nokdaunga tushirib qo‘ydi.

Mavzuga oid:

G‘arb Rossiyaga jiddiy saboq berdi. Undan foydalanish fursati keldi
“Falokatga kelyapmiz”. Rossiyaga qarshi sanksiyalar Yevropa va Xitoyga kerakmi?
Yevropa sanksiyalar zararni kamaytirmoqchi, lekin bu oson bo‘lmayapti
Jang maydonida va moliyaviy jihatdan – G‘arb Rossiyaga maksimal zarar yetkazmoqchi
Xitoy AQSh sanksiyalarning asl maqsadini fosh qildi
Yangiliklar lentasi
0