Kolumnistlar

Kiyevdan nazar: Ukraina chindan ham denatsifikatsiyaga muhtoj

© Sputnik / Yevgeniya NovojeninaMonument Nezavisimosti Ukrainы na ploщadi Nezavisimosti v Kiyeve
Monument Nezavisimosti Ukrainы na ploщadi Nezavisimosti v Kiyeve - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 15.03.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Sakkiz yil davomida frontga yaqin Donbassning turli xil jadallik bilan oʻqqa tutilganini eslatishga urinishlar samarasiz.
Rossiya tomonidan Ukrainani demilitarizatsiya (harbiy infratuzilmalarini yoʻq qilish) va denatsifikatsiya qilish (millatchilik gʻoyalardan tozalash) boʻyicha boshlangan maxsus harbiy operatsiyaning uchinchi hafta oxirlarida (de-yure, bu hali urush emas, chunki hech bir tomon boshqa tomonga buni eʼlon qilmagan) Kiyev shahardagi zarbalar bilan yaqinroq tanishdi. Ha, bungacha Kiyev aeroportlari, teleminora va uning dubleriga Rossiya qanotli raketalari tomonidan hujumlar boʻlgan. Ha, shimoliy va shimoli-gʻarbiy shahar atroflarida (Gostomel, Bucha, Irpin va boshqalar) juda jiddiy janglar boʻlgan. Ammo bularning barchasi Kiyevning turar-joy binolari, korxonalaridan uzoqda boʻlgan. Toʻgʻri, ikkita vayron boʻlgan turar-joy binosi bor edi, lekin ikkalasi ham mahalliy havoga qarshi mudofaadan - bir holatda ular uyni oʻzlarining raketalari bilan bogʻlab qoʻyishgan, ikkinchisida esa uyning tepasida shahar ustida uchib ketayotgan narsani otib tashlashgan.
14 mart kuni erta tongda uchta "Kalibr" Antonov aviatsiya zavodiga uchib keldi. Keyinchalik, Rossiya Mudofaa vazirligi zavod hududida RSZO uchun oʻq-dorilar ombori magʻlubiyatga uchraganligini eʼlon qildi, ammo xuddi shu oʻq-dorilarning sochilgani kuzatilmadi, shuning uchun ombor barbod boʻlgani haqiqat emas. Shuningdek, ularning eʼlon qilgan joyni nishonga olgani ham haqiqat emas. Taxminan bir vaqtning oʻzida shahar shimolidagi Bogatirskaya koʻchasi, 20-uyda joylashgan koʻp qavatli uyga nimadir urildi. Ukraina Favqulodda davlat xizmati uyga artilleriya oʻqlari tushgani va ikki kishi halok boʻlganini maʼlum qildi. Snaryad boʻlishi ham mumkin. Ammo oʻsha payt u bitta edi - yonida boshqa hech kim yoʻq edi. Biroz vaqt oʻtgach, Kiyev havoga qarshi mudofaasi Kurenevka hududida allanarsani urib tushirdi. Katta ehtimol bilan, kichkina narsa boʻlishi mumkin, lekin voqea sodir boʻlgan binoning bir nechta xonadonlari yonib ketgan.
Biroz vaqt oʻtgach, Ukrainaning "Tochka-U" rusumidagi jangovar kallagi Donetskka zarba berdi. Oʻnlab odamlar qurbon boʻldi.
Bu zarbaning oʻzi, albatta, mojaro kuchayishiga va Rossiyadan jiddiy javob choralariga sabab boʻlar edi. Gʻarbning Ukrainaga qurol-yarogʻ yetkazib berish hajmining koʻpayishi fonida, birinchi navbatda Rinat Axmetovva boshqa Ukraina oligarxlari va tomonidan moliyalashtiriladigan Gʻarb xususiy harbiy kompaniyalari xodimlarining ommaviy kelishi haqidagi mish-mishlar, Odessaga Bernard-Anri Levi kabi klassik liberal fashist va oshkora odamxoʻr va h.k ham – shunday boʻlishi muqarrar edi. Darhaqiqat, Rossiya Mudofaa vazirligi oʻsha kuni kechqurun Ukraina harbiy-sanoat kompleksi omborlari va korxonalariga tungi hujumni eʼlon qildi. Oqshom vaqti Shostkadagi Impuls zavodiga zarba berildi. Tongda, koʻplab mudofaa korxonalariga hujumlar boʻlgani haqida maʼlumot ham paydo boʻlsa kerak. Agar Kiyev, Odessa va mamlakatning qolgan havo mudofaasining koʻp qismi toʻplangan va Dnepr (Dnepropetrovsk) raketalarining bir qismini urib tushirish imkoniyati mavjud boʻlsa, boshqa joylarda zarbalar tirdagi oʻq otish mashgʻulotlariga oʻxshaydi.
Sodir boʻlayotgan voqealarga qaramay, Ukraina hukumati jamiyatning aksariyat qismida militaristik alangani saqlab qolishga muvaffaq boʻldi. Va bu bugungi kunda “butun dunyo biz bilan” va frontdagi doimiy “gʻalabalar” degan ikkita postulatga asoslangan tashviqot tufayligina emas. Balki, aholining bu qismining “Biznichi? Nima sababdan” degan avvalgi eski ukrain savolini berishda davom etayotgani bilan bogʻliq.
Sakkiz yil davomida frontga yaqin Donbassning turli xil jadallik bilan oʻqqa tutilganini eslatishga urinishlar samarasiz. Chunki toʻqnashuv chizigʻining narigi tomonida jinoyatchilar (separatchilar, terrorchilar, rus yollanma askarlari) bor. Propaganda bu maʼlumotni ularning boshiga mahkam joylashtirgan. Faqat DXR va LXRda tinch aholi va bolalarning halok boʻlgani toʻgʻrisidagi koʻrsatmalar umuman eʼtiborsizlikka olindi, bepisand qaraldi. Yaʼniki, bu Kreml hikoyalari emish.
Yetti yil davomida Minsk-2 boʻyicha majburiyatlar bajarilishini Kiyev hukumati eʼtiborsiz qoldirgani haqida gapirish umuman befoyda. Shartnomalar hajmi kichik, ammo Ukraina fuqarolarining 99,9 foizi uni oʻqimagan. Undan koʻp foiz aholi Ukraina va YEI oʻrtasidagi Assotsiatsiya shartnomasini oʻqimagan. Va shuning uchun assotsiatsiya shartnomasida keltirilgani kabi hamma Yevropadagi kabi yashab ketishiga amin edi. Minsk-2, shartnomalarini esa birinchidan, Moskva tomoni bajarmayapti, ikkinchidan, esa bu Ukraina uchun yomon. Televizor shunday degan. Yaqinda soʻnggi soʻrovnomalar shuni koʻrsatdiki, 60-70% foiz aholi Minsk-2ni Kiyev shartlariga koʻra qayta koʻrib chiqish tarafdori. Nega? Chunki televizor shunday degan.
Amerikaning Ukrainadagi biolaboratoriyalari haqida, Ukrainani Gʻarb tomonidan harbiy rivojlantirish, tashqi nazorat, hatto Ukraina harbiy doktrinasida Rossiya yagona dushman deb atalgani haqida, koʻpchilik biladi, lekin bularni ishonch bilan ichki masala deb hisoblaydi. Agar Meksika oʻzini shunday tutsa Qoʻshma Shtatlar nima qilgan boʻlardi degan savolga javob "Axir, bu Qoʻshma Shtatlarku!" boʻladi.
Denatsifikatsiya haqidagi tezis ham tushunmovchiliklarga sabab boʻladi. Albatta, besh-oʻn foiz Ukraina aholisi oshkora neonatsistlardir. Bundan tashqari, mahalliy neonatsizm ikkita oqimga ega: Xarkovga asoslangan “sof” neonatsizm va Gʻarbga tayanadigan galitsk bandera-natsizmi. Neonatsizm xayrixohlari bilan butun mamlakat boʻylab 15-20 foiz tarafdorlar chiqadi. Axir bu kam emas – aytaylik Uchinchi Reyxda, hamma ham SS yoki NSDAP aʼzosi boʻlmagan. Bundan tashqari, soʻnggi yillarda Ukrainada neonatsizmning bevosita va bilvosita muxlislari soni doimiy ravishda oʻsib bormoqda.
Ammo bundan ham yomoni, bu 15-20% davlat harakatlarini belgilab qoʻygan va belgilashda davom etmoqda. Aynan koʻp sonli natsist kollaboratsionistlari, shu jumladan qoʻllari tirsagigacha qon boʻlganlarni ham qahramonlashtirish davlat darajasida amalga oshirildi va amalga oshirilmoqda. Davlat darajasida mahalliy xalqlar toʻgʻrisidagi qonun qabul qilindi, neonatsistlarning barcha belgilariga ega boʻlgan madaniy-maʼrifiy masalalar kun tartibida ilgari surildi. Rus tili va rus madaniyatiga nisbatan kamsitish kuchayib borayotgani haqida gapirmasa ham boʻladi.
Bularning barchasini faqat qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyat tarmoqlarida neonatsistlar koʻpchilik boʻlgan taqdirdagina amalga oshirish mumkin edi. Bunga esa liberal –fashistlar manfaatlarini soʻzlagan "soroschalar" va boshqa “grant yeyuvchilar” tomonidan tegishli kun tartibini qoʻllab-quvvatlash orqali erishildi. Biroq qanday boʻlmasin bu “koʻpchilik” butun ukrain jamiyatida shakllandi!
Natsistlarning koʻplab jazosiz qolgan qotilliklari yoki Odessadagi Kasaba uyushmalari uyida oʻnlab odamlarning yoqib yuborilishidan tortib yashirin qamoqxonalar va harbiylashtirilgan tuzilmalari faoliyatigacha boʻlgan rasmiylar tomonidan sodir etilgan turli xil vahshiyliklar va qonunbuzarliklar haqida nima deyish mumkin?! Afsuski, ukrain jamiyati aksariyat hollarda bunda hech qanday dahshatni koʻrmaydi.
Bir soʻz bilan aytganda, 2014 yildan beri oʻtgan sakkiz yil ichida Ukraina jamiyati haqiqatan ham oʻzgardi va afsuski yaxshi tomonga emas. Buni qanday qilib orqaga qaytarish mumkinligini tasavvur qilish qiyin. Rossiya rahbariyatining buni qanday amalga oshirish boʻyicha tushunchalari va rejalari borligiga ishonishni istaydi kishi.

Mavzuga oid:

Yavorovskiy poligonidagi amerikalik yollanmalarga Rossiyaning qaynoq “salomi”
Yevropa millatchilardan tozalanishdan qoʻrqadi
Yevropa ustidan kulayotgan genotsid
Rossiyaning Ukrainadagi maxsus operatsiyasi: maqsad – demilitarizatsiya
Yangiliklar lentasi
0