Iqtisod

Moliya vazirligi: oʻzbekistonliklarning maoshi oshmoqda

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovNatsionalnaya valyuta Uzbekistana — sum
Natsionalnaya valyuta Uzbekistana — sum - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 15.03.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Ikki yilda 5 million va undan koʻproq ish haqi oladiganlar soni sezilarli oshgan.
TOSHKENT, 15 mar — Sputnik. Moliya vazirligi soʻnggi ikki yildagi oʻzbekistonliklarning ish haqi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni chop qildi. Hisobotda keltirilgan raqamlarga koʻra, oʻzbekistonliklarning maoshi oshmoqda.
1 million soʻmgacha boʻlgan oylik oladigan oʻzbekistonliklar soni kamaygan. 2020 yilda 1 million soʻmgacha boʻlgan oylik oladiganlar 40 foiz (1,7 million kishi), 2 milliongacha oladiganlar 27,1 foizni (1,1 million kishi) tashkil etgan. 2021 yilda bunday kishilar soni sezilarli kamaygan – 34,5 foiz va 24,1 foiz mos ravishda.
2 milliondan 4 million soʻmgacha oylik oladiganlar soni 22,3 foizdan (2020 yil) 24,7 foizgacha (2021 yil) ortgan. 5 million va undan koʻproq ish haqi oladiganlar soni sezilarli oshgan: 2020 yilda bunday soni 6,9 foiz boʻlgan, 2021 yilga kelib 11 foizni tashkil etgan, yaʼni salkam ikki baravarga koʻpaygan.
Aholining necha foizi xorijdan pul oʻtkazmalari hisobiga yashashi maʼlum boʻldi
2021 yilda 4 685 900 nafar fuqaro oʻz oyligidan soliq toʻlagan. Ulardan 42,6 foizi – byudjet, 57,4 foizi esa nobyudjet tashkilotlar xodimlaridir.
Yangiliklar lentasi
0