Jamiyat

Oʻzbekistonda Rossiyaning 7 ta universiteti filiallari ochiladi

© Sputnik / Vladimir PesnyaZdaniye Rossiyskogo Gosudarstvennogo meditsinskogo universiteta im. Pirogova v Moskve.
Zdaniye Rossiyskogo Gosudarstvennogo meditsinskogo universiteta im. Pirogova v Moskve. - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 15.03.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Maʼlumotlarga koʻra, hozir Rossiya OTMlarida 48,7 ming oʻzbekistonlik talaba taʼlim olmoqda.
TOSHKENT, 15 mar — Sputnik. Oʻzbekistonda Rossiyaning yana yettita universiteti filiallari ochiladi. Bu haqda Rossiya Fan va oliy taʼlim vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Maʼlum qilinishicha, Rossiya OTMlarida 48,7 ming oʻzbekistonlik talaba taʼlim olmoqda.
Yaqin yillarda Rossiyaning yana 7 ta universiteti Oʻzbekistonda oʻz filiallarini ochishni rejalashtirgan:
N.I.Pirogov nomidagi Rossiya milliy tadqiqot tibbiyoti universiteti;
A.N.Kosigin nomidagi Rossiya davlat universiteti (Texnologiya. Dizayn. Sanʼat);
Shimoliy Kavkaz federal universiteti;
Samarqandda Rossiya davlat gumanitar universiteti;
Moskva davlat geodeziya va kartografiya universiteti;
Perm milliy tadqiqot politexnika universiteti;
Moskva davlat oziq-ovqat ishlab chiqarish universiteti.
Oʻtgan yil noyabrida oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazir Abduqodir Toshqulov kelgusi 2022/2023-oʻquv yilida Rossiya hukumati tomonidan taqdim etilgan kvotalar soni 750 oʻrinni tashkil etishi kutilayotganini maʼlum qilgan edi. Bu esa 2018 yilga nisbatan uch baravar koʻp demakdir.
Yangiliklar lentasi
0