Situatsiya na granitse Krыma s Ukrainoy - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21 fevral kuni Donetsk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini eʼlon qildi, 24 fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini maʼlum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarogʻ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Zelenskiy: Ukraina NATOga qoʻshilmasligini tan olish zarur

© AFP 2022 / SERGEI SUPINSKYVladimir Zelenskiy
Vladimir Zelenskiy - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 15.03.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Zelenskiy: Ukraina NATOga kirmasligini eshitdi va bu haqiqat. Buni tan olish kerak.
TOSHKENT, 15 mar — Sputnik. Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Kiyev NATOning aʼzosi boʻlolmasligini tan olish zarurligini maʼlum qildi.
“Ukraina NATO aʼzosi emasligi tushunarli. Biz buni tushunamiz, aqlimiz joyidagi odamlarmiz. Yillar davomida biz goʻyoki ochiq eshiklar haqida eshitdik, biroq u yerga kirolmasligimizni ham eshitdik. Bu haqiqat va buni tan olish zarur”, - dedi Zelenskiy “Joint Expeditionary Force” mamlakatlari yetakchilari uchrashuvida.
Ukraina rahbari Kiyevga Gʻarb bilan hamkorlikning yangi shakllari va alohida xavfsizlik kafolatlari kerakligini taʼkidladi.
“Joint Expeditionary Force” (Birlashgan ekspeditsiya kuchlari) 2014 yilda Birlashgan qirollik qoʻmondonligi ostida tashkil etilgan va doimiy qoʻshinlar sanalmaydi. Unda ishtirok etuvchi mamlakatlar (Buyuk Britaniyadan tashqari, bu Daniya, Islandiya, Latviya, Litva, Niderlandiya, Norvegiya, Finlyandiya, Shvetsiya va Estoniya mamlakatlari) gohida qoʻshma harbiy mashgʻulotlar oʻtkazib turishadi.
Yangiliklar lentasi
0