Madaniyat

Fermer Buxorodagi qadimiy qoʻrgʻonni ekin maydoniga aylantirib yubordi

© Agentstvo po borbe s korruptsiyeyFermer nanes uщerb arxeologicheskomu pamyatniku "Vardonze"
Fermer nanes uщerb arxeologicheskomu pamyatniku Vardonze - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 16.03.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Arxeologiya yodgorligiga shikast yetkazilishi oqibatida davlat manfaatlari 26 mlrd. 730 mln. soʻmlik zarar koʻrdi.
TOSHKENT, 16 mar — Sputnik. “Vardonze qoʻrgʻoni” arxeologik yodgorligining muhofaza hududiga va davlat manfaatlariga jiddiy zarar yetkazilgani aniqlandi. Bu haqida Korruptsiyaga qarshi kurashish agentligi xabar bermoqda.
Aytilishicha, Korruptsiyaga qarshi kurashish agentligiga yodgorlik hududiga zarar yetkazilayotganligi boʻyicha murojaat kelib tushgan. Agentlik ushbu masalani Milliy arxeologiya markazi, Madaniy meros agentligi va boshqa mutasaddi idoralar bilan birgalikda oʻrgandi.
© Agentstvo po borbe s korruptsiyeyFermer nanes uщerb arxeologicheskomu pamyatniku "Vardonze"
Fermer nanes uщerb arxeologicheskomu pamyatniku Vardonze - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 16.03.2022
Fermer nanes uщerb arxeologicheskomu pamyatniku "Vardonze"
Oʻrganish jarayonida Buxoro viloyati Shofirkon tumanidagi “Toʻymurod Xolmurod oʻgʻli” fermer xoʻjaligi rahbari A.Q. tegishli idoralarning xulosalarini olmasdan obʼyektning muhofaza hududini ogʻir texnika yordamida surib, yer qazish, yer tuzish, ekin ekish va melioratsiya ishlarini amalga oshirgan.
“U ariq qazib, fermer xoʻjaligi yer maydonini arxeologiya obʼyekti muhofaza maydoni hisobidan kengaytirgan. Bu esa obʼyektning Rabod qismi madaniy qatlami yoʻqotilishi, hududdagi saksovul daraxtlarining nobud boʻlishi hamda yer qaʼrida saqlanib kelayotgan qadimgi tarixiy topilmalarning yoʻqotilishiga sabab boʻlgan”, deyiladi xabarda.
Hujjatlarga koʻra, obʼyektning yer maydoni va muhofaza hududi tuman hokimligining 2013 yildagi qaroriga asosan 124 gektarni tashkil etgan. Ammo, 2015 yilda hokimlik qonunchilikka zid ravishda, tegishli idoralarning xulosalarisiz obʼyekt hududini 76 gektar etib belgilagan.
Shuningdek, qisqartirilgan yer maydoni fermer xoʻjaligiga yaylov sifatida foydalanish uchun berilgan, biroq amalda fermer uni ekin maydoniga aylantirib yuborgan.
© Agentstvo po borbe s korruptsiyeyFermer nanes uщerb arxeologicheskomu pamyatniku "Vardonze"
Fermer nanes uщerb arxeologicheskomu pamyatniku Vardonze - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 16.03.2022
Fermer nanes uщerb arxeologicheskomu pamyatniku "Vardonze"
Oʻrganish yakunida arxeologiya yodgorligining Rabod qismi yer maydonining 1.800 kvadrat metr qismiga shikast yetkazilishi oqibatida davlat manfaatlariga 26 mlrd. 730 mln. soʻmlik zarar yetkazilganligi aniqlandi.
Agentlik tomonidan toʻplangan hujjatlar asosida ushbu holat yuzasidan Bosh prokuratura tomonidan Jinoyat Kodeksining 132-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.
Maʼlumot oʻrnida: IV-XV acplarga oid ushbu obʼyekt davlat muhofazasida boʻlib, moddiy madaniy meros obʼyekti sifatida roʻyxatga olingan.
Oʻtgan yili obʼyektni Umumjahon madaniy merosi roʻyxatiga kiritish boʻyicha YUNESKOga taklif kiritilgan edi.
Yangiliklar lentasi
0