Rossiya

Putin: Rossiya xorijiy kompaniyalarning mol-mulk huquqini hurmat qilishda davom etadi

© Sputnik / Andrey GorshkovPrezident RF Vladimir Putin, arxivnoye foto
Prezident RF Vladimir Putin, arxivnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 16.03.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Rossiya prezidenti chet el kompaniyalarining mol-mulk huquqi hurmat qilinishini maʼlum qildi.
TOSHKENT, 16 mar — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin mamlakat Gʻarb mamlakatlaridan farqli oʻlaroq chet el kompaniyalarining mol-mulk huquqini hurmat qilishda davom etishini maʼlum qildi.
“Biz AQSH va uning tobelari tomonidan koʻrsatilayotgan surbetlarcha bosimga qaramasdan mamlakatimizda ishlashni davom ettirayotgan xorijiy kompaniyalarning pozitsiyasini qadrlaymiz. Bundan buyon ular rivojlanish uchun albatta qoʻshimcha imkoniyatlar olishadi”, - deya vaʼda berdi Putin Rossiya mintaqalarini qoʻllab-quvvatlash choralariga qaratilgan yigʻilishda.
Rossiya yetakchisining taʼkidlashicha, endi Rossiyada kim oʻz xodimlari va mijozlari oldidagi majburiyatlarini unutib, oʻz hamkorlarini qoʻrqib sotganlarni bilishadi.
“Shu bilan birga, Gʻarb mamlakatlaridan farqli oʻlaroq, biz mol-mulk huquqini hurmat qilamiz”, - dedi Putin.
Rossiya 24 fevrl kuni Ukraina harbiy infratuzilmalarini yoʻq qilish va uni millatchilik gʻoyalaridan tozalash uchun maxsus harbiy operatsiya boshlagan edi. Rossiya Mudofaa vazirligining maʼlum qilishicha, harbalar faqat harbiy obʼyektlar va ukrain qoʻshinlariga berilmoqda. Har ikki tomondan qurbonlar bor.
Buning ortidan koʻplab xorijiy kompaniyalar Rossiyadan ketishmoqda yoki faoliyatlarini vaqtincha toʻxtatishmoqda.
Yangiliklar lentasi
0