Jamiyat

“Tez yordam”ga eng koʻp yolgʻon chaqiriqlar qaysi viloyatdan kelib tushmoqda?

© Sputnik / Pavel Lisitsыn / Fotobankka oʻtishMashina skoroy pomoщi
Mashina skoroy pomoщi - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 16.03.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Oʻtgan 2021 yil davomida "Tez yordam" xizmatiga jami 194 096 ta asossiz chaqiriq kelib tushgan edi.
TOSHKENT, 16 mar – Sputnik. Soʻnggi ikki oy ichida “Tez yordam” xizmatiga 1000 ga yaqin yolgʻon chaqiriq kelib tushdi, deb xabar qilmoqda SSV matbuot kotibi.

“2022 yilning yanvar-fevral oylarida Respublika tez tibbiy yordam xizmatiga kelib tushgan 31 ming 296 ta murojaat asossiz deb baholangan. Afsuski, ularning 922 tasi yolgʻon chaqiriqlardan iborat”, - deyilgan xabarda.

Tahlillarga koʻra, eng koʻp yolgʻon chaqiriqlar quyidagi hududlardan kelib tushgan:
Toshkent viloyati - 258 ta;
Qashqadaryo viloyati - 124 ta;
Fargʻona viloyati - 119 ta;
Toshkent shahridan - 107 ta;
Navoiy viloyatidan – 102 ta.
Eng kam yolgʻon chaqiriqlar esa - Jizzax viloyati (2 ta), Qoraqalpogʻiston Respublikasi (11 ta) va Sirdaryo viloyatida (15 ta) qayd etilgan.
Yanvar-fevral oylarida “Tez yordam”ga kelib tushgan natijasiz murojaatlar:
tibbiy yordam rad etilgan - 11 692;
bemor boshqa transportda olib ketilgan - 5 692;
bemor oʻz joyida boʻlmagan - 2 598,
manzil topilmagan – 1401,
eshik ochilmagan - 339 ta.
Maʼlumot uchun, oʻtgan 2021 yil davomida "Tez yordam" xizmatiga jami 194 096 ta asossiz chaqiriq kelib tushgan edi. Aytish joizki ana shunday asossiz va yolgʻon chaqiriqlar tufayli tibbiyot xodimlari haqiqatda tibbiy yordam kerak boʻlgan bemorlarga oʻz vaqtida yetib bora olmasliklari mumkin.
Yangiliklar lentasi
0