Jamiyat

DXX kiberxavfsizlik uchun javob beradi

© Sputnik / Vladimir Trefilov / Fotobankka oʻtishVirus-vыmogatel atakoval IT-sistemы kompaniy v raznыx stranax
Virus-vыmogatel atakoval IT-sistemы kompaniy v raznыx stranax - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 17.03.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Senatorlar “Kiberxavfsizlik toʻgʻrisida”gi qonunni maʼqullashdi.
TOSHKENT, 17 mar — Sputnik. Senat yigirma toʻrtinchi yalpi majlisda “Kiberxavfsizlik toʻgʻrisida”gi qonunni maʼqulladi. Qonun bilan Davlat xavfsizlik xizmati (DXX) kiberxavfsizlik sohasidagi vakolatli davlat organi sifatida belgilanmoqda, deb xabar bermoqda Sputnik muxbiri.
Qonunning maqsadi mamlakatda kiberxavfsizlik sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat. Uning asosiy vazifalari kibermakonda shaxs, jamiyat va davlat manfaatlarini tashqi va ichki tahdidlardan himoya qilish hisoblanadi.
Qonunda kiberjinoyatchilikni oldini olish, unga qarshi kurashish printsiplari, masʼul davlat organ va uning vakolatlari, kiberxavfsizlik hodisalari boʻyicha choralar koʻrish hamda xalqaro hamkorlik masalalari nazarda tutilgan.
Oʻzbekistonda axborot xavfsizligini taʼminlash bilan bogʻliq huquqiy normalar hozirgi va amaldagi global tendentsiyalarga qanchalik mos keladi?
“Oʻzbekistonda kiberhujumlarni kuzatib borish, ularning oqibatlarining oldini olish va yetarli darajada profilaktika choralarini koʻrish imkonini beradigan davlat idoralari va texnik operatorlar oʻrtasida oʻzaro hamkorlik tizimi mavjud emas. Shuning uchun ushbu qonun bilan kiberxavfsizlik sohasidagi vakolatli davlat organi, uning huquq va majburiyatlari, davlat organlari va tashkilotlari axborot tizimlari va resurslarining kiberxavfsizligini taʼminlash boʻyicha talablar belgilandi”, - deydi Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi raisi Qutbiddin Burxonov.
Endi tahdidlar, hujumlarning oqibatlarini aniqlash hamda oldini olish, sohada mutaxassislar tayyorlashga yanada etibor kuchaytiriladi.
“Davlat organlari va tashkilotlari oʻz taʼsarufidagi axborot tizimlari va resurslarida saqlanayotgan maʼlumotlarni oʻgʻirlanishi hamda qalbakilashtirilishi holatlarini oldini olish choralarini koʻrishi shart”, - deydi senator.
Qonun prezident imzolaganidan keyin kuchga kiradi.
DXX yana bir sohada vakolatli organ etib belgilanishi mumkin
Eslatib oʻtamiz, avvalroq 2021 yilda Oʻzbekiston milliy internet segmentida 1,3 milliondan ortiq kiberhujum aniqlangani xabar qilingan edi. Eng koʻp kiberhujum Oʻzbekiston, Rossiya, Germaniya, Buyuk Britaniya va AQSH hududidan amalga oshirilgan.
Yangiliklar lentasi
0