https://oz.sputniknews-uz.com/20220317/ozbekiston-va-rossiya-tashqi-ishlar-vazirlari-ozaro-tabrik-almashishdi-23398387.html
Oʻzbekiston va Rossiya tashqi ishlar vazirlari oʻzaro tabrik almashishdi
Oʻzbekiston va Rossiya tashqi ishlar vazirlari oʻzaro tabrik almashishdi
20 mart kuni Oʻzbekiston va Rossiya oʻrtasida diplomatik munosabatlar oʻrnatilganiga 30 yil toʻladi. Mazkur voqea munosabati bilan ikki mamlakat tashqi siyosat idoralari rahbarlari oʻzaro tabrik yoʻllashdi.
2022-03-17T16:59+0500
2022-03-17T16:59+0500
2022-03-17T16:59+0500
siyosat
abdulaziz kamilov
sergey lavrov
tabrik
rossiya tiv
oʻzbekiston tiv
rossiya
oʻzbekiston
/html/head/meta[@name='og:title']/@content
/html/head/meta[@name='og:description']/@content
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e6/03/11/23395847_0:157:3085:1892_1920x0_80_0_0_17060244157dea54e81e8d6ea779f15c.jpg
TOSHKENT, 17 mar — Sputnik. 20 mart kuni Oʻzbekiston va Rossiya oʻrtasida diplomatik munosabatlar oʻrnatilganiga 30 yil toʻladi. Mazkur voqea munosabati bilan ikki mamlakat tashqi siyosat idoralari rahbarlari oʻzaro tabrik yoʻllashdi.Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov oʻz maktubida Rossiya respublikaning muhim strategik hamkori va ittifoqchisi ekanini qayd etgan. Mamlakatlar oʻrtasida ikki va koʻp tomonlama asosda konstruktiv samarali muloqot oʻrnatilgan. Oʻzaro ishonch va hurmat muhiti shakllangan.Oʻzbekiston va Rossiya strategik sheriklik salohiyatini samarali amalga oshirish boʻyicha birgalikdagi saʼy-harakatlar bundan keyin ham davom ettirilib, bu ikki mamlakat farovonligi va Markaziy Osiyo mintaqasi manfaatlariga xizmat qilishi taʼkidlangan.Oʻzbekiston - Rossiya munosabatlari rivojlanish choʻqqisiga chiqdi – KamilovOʻz navbatida, Sergey Lavrov oʻtgan yillar davomida Oʻzbekiston-Rossiya munosabatlari siyosiy aloqalar jadalligi, parlamentlararo va idoralararo hamkorlikning surʼatlari, xalqaro maydondagi muloqot, hududlararo munosabatlarni rivojlantirish boʻyicha sifat jihatidan yangi bosqichga koʻtarilganini eʼtirof etgan.Lavrov maktubida Rossiya tomonining ittifoqchilik tamoyillari asosida bir-birining manfaatlarini oʻzaro hurmat qilish va hisobga olish ruhida, ikki mamlakat xalqlari farovonligi, Markaziy Osiyo va butun Yevroosiyo makonida barqarorlik va izchil taraqqiyot yoʻlida Oʻzbekiston bilan muvofiqlashtirilgan chora-tadbirlarni davom ettirishga tayyor ekanligi qayd etilgan.
rossiya
oʻzbekiston
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2022
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e6/03/11/23395847_177:0:2908:2048_1920x0_80_0_0_279ddbfdb86751c1eebfb7d74c5d8626.jpgSputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
abdulaziz kamilov, sergey lavrov, tabrik, rossiya tiv, oʻzbekiston tiv, rossiya, oʻzbekiston
Oʻzbekiston va Rossiya tashqi ishlar vazirlari oʻzaro tabrik almashishdi
Oʻzbekiston va Rossiya tashqi ishlar vazirlari diplomatik munosabatlar oʻrnatilganiga 30 yil toʻlishi arafasida oʻzaro tabrik almashdilar.
TOSHKENT, 17 mar — Sputnik. 20 mart kuni Oʻzbekiston va Rossiya oʻrtasida diplomatik munosabatlar oʻrnatilganiga 30 yil toʻladi. Mazkur voqea munosabati bilan ikki mamlakat tashqi siyosat idoralari rahbarlari oʻzaro
tabrik yoʻllashdi. Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov oʻz maktubida Rossiya respublikaning muhim strategik hamkori va ittifoqchisi ekanini qayd etgan. Mamlakatlar oʻrtasida ikki va koʻp tomonlama asosda konstruktiv samarali muloqot oʻrnatilgan. Oʻzaro ishonch va hurmat muhiti shakllangan.
"Keyingi yillarda parlament, savdo-iqtisodiy, transport, agrosanoat va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlik koʻlami salmoqli darajada kengaydi. Ustuvor yoʻnalishlar boʻyicha yirik qoʻshma loyihalar va dasturlar muvaffaqiyatli tarzda hayotga tatbiq etilmoqda", - dedi Kamilov.
Oʻzbekiston va Rossiya strategik sheriklik salohiyatini samarali amalga oshirish boʻyicha birgalikdagi saʼy-harakatlar bundan keyin ham davom ettirilib, bu ikki mamlakat farovonligi va Markaziy Osiyo mintaqasi manfaatlariga xizmat qilishi taʼkidlangan.
Oʻz navbatida, Sergey Lavrov oʻtgan yillar davomida Oʻzbekiston-Rossiya munosabatlari siyosiy aloqalar jadalligi, parlamentlararo va idoralararo hamkorlikning surʼatlari, xalqaro maydondagi muloqot, hududlararo munosabatlarni rivojlantirish boʻyicha sifat jihatidan yangi bosqichga koʻtarilganini eʼtirof etgan.
Lavrov maktubida Rossiya tomonining ittifoqchilik tamoyillari asosida bir-birining manfaatlarini oʻzaro hurmat qilish va hisobga olish ruhida, ikki mamlakat xalqlari farovonligi, Markaziy Osiyo va butun Yevroosiyo makonida barqarorlik va izchil taraqqiyot yoʻlida Oʻzbekiston bilan muvofiqlashtirilgan chora-tadbirlarni davom ettirishga tayyor ekanligi qayd etilgan.