Iqtisod

Rossiyadan pul oʻtkazmalari sezilarli darajada kamaymoqda - MB raisi

© review.uzPredsedatel Tsentralnogo banka Uzbekistana Mamarizo Nurmuratov
Predsedatel Tsentralnogo banka Uzbekistana Mamarizo Nurmuratov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 18.03.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Oʻrta muddatli istiqbolda hozir kuzatilayotgan yoʻqotishlar tarkibi oʻzgarishi va valyuta tushumlari qayta tiklanishi kutilmoqda - MB
TOSHKENT, 18 mar - Sputnik. Mart oyida Rossiyadan Oʻzbekistonga pul oʻtkazmalari sezilarli darajada kamaydi, deb xabar qildi Markaziy Bank raisi Mamarizo Nurmurodov.
Nurmurodov aytishiga koʻra, pul oʻtkazmalar hajmi kamayishiga nafaqat dollar kursi, balkim noaniqlik sharoiti ham sabab boʻlgan.
– Mart oyidan buyon Rossiyadan pul oʻtkazmalari hajmi sezilarli darajada kamaymoqda. Xususan, 2022 yil mart oyining birinchi yarmida Oʻzbekistonga yuborilgan pul oʻtkazmalarining umumiy hajmi oʻtgan yilning mos davriga nisbatan sezilarli pasayishi kuzatilmoqda, - dedi MB raisi.
- Biroq, pul oʻtkazmalarining qisqarishi faqat rublning qulashi tufayli sodir boʻlganligini hali ham aniq aytish qiyin. Katta ehtimol bilan, yuqori darajadagi noaniqliklar bu yerda katta rol oʻynaydi, bu mehnat muxojirlarining pul joʻnatish yoki yubormaslik qarorlariga taʼsir qiladi.
Shu bilan birga Nurmurodov oʻrta muddatli istiqbolda hozir kuzatilayotgan yoʻqotishlar tarkibi oʻzgarishi va qayta tiklanishi kutilayotganini maʼlum qildi.
"Rossiyada sanktsiyalar natijasida yuzaga kelgan iqtisodiy vaziyat oʻrta muddatli istiqbolda pul oʻtkazmalari manbalarida tarkibiy oʻzgarishlar va ichki bozorimizda xorijiy valyuta taklifining tiklanishi kuzatiladi", - dedi rais.
Rossiya va Qozogʻiston valyutalarining dollarga nisbatan kurslari keskin kamayishi, albatta Oʻzbekiston soʻmiga ham bosim oʻtkazmoqda. Soʻnggi bir oy ichida soʻm kursi 4% arzonlashishi kuzatilmoqda. Lekin Oʻzbekiston Markaziy banki valyuta almashuv operatsiyalariga hech qanday cheklov oʻrnatish niyati yoʻqligini maʼlum qildi.
MB raisi xulosasiga koʻra, kelajakda soʻmning keskin qadrsizlanishini kutish kerak emas. Hozirgi vaziyat asosan aholining vahimalari oqibati.
Yangiliklar lentasi
0