Bektemir Meliqo‘ziyev perulik raqibini 2-raunddayoq nokautga uchratdi – video

© Natsionalnoe antidopingovoe agentstvo UzbekistanaUzbekskiy bokser Bektemir Melikuziyev
Uzbekskiy bokser Bektemir Melikuziyev - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.03.2022
Obuna bo‘lish
Professional boksning super o‘rta vazn toifasida harakat qilayotgan Bektemir Meliqo‘ziyev navbatdagi g‘alabasini nishonladi.
TOShKENT, 20 mar — Sputnik. Professional boksning super o‘rta vazn toifasida ishtirok etayotgan o‘zbekistonlik bokschi Bektemir Meliqo‘ziyev Los-Anjelesda navbatdagi jangini o‘tkazdi.
USC Galen Center arenasida bo‘lib o‘tgan boks Meliqo‘ziyev perulik Devid Segarraga qarshi jang qildi. Ikkinchi raundda bokschi raqibining tanasiga kuchli zarba yo‘lladi. Buning oqibatida perulik raqib o‘rnidan tura olmadi va texnik nokaut qayd etildi.
Shu tariqa Bektemir Meliqo‘ziyev professional boksdagi 9-g‘alabasini nishonladi.
Yangiliklar lentasi
0