Iqtisod

Oʻzbekiston va Rossiya qurilish sohasidagi hamkorlikni kengaytiradi

© Sputnik / Aleksey MayshevStroitelstvo novыx domov v Moskve
Stroitelstvo novыx domov v Moskve - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 21.03.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Oʻzbekiston qurilish materiallari Rossiya bozoridagi gʻarb mahsulotlari oʻrnini egallashi mumkin.
TOSHKENT, 21 mar — Sputnik. Rossiya va Oʻzbekiston Gʻarb sanktsiyalari tufayli qurilish sohasidagi hamkorlikni kengaytiradi. Bu haqda Rossiya Qurilish vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Rossiya qurilish va uy-joy xoʻjaligi vaziri Irek Fayzulin Oʻzbekistonning Rossiyadagi elchisi Botir Asadov bilan uchrashgan. Uchrashuv davomida xorijdan olib kelinadigan qurilish resurslari oʻrnini Oʻzbekistonda ishlab chiqariladigan materiallar bilan qoplash imkoniyati koʻrib chiqilgan. Buning uchun yaqin vaqtlar ichida ichki bozor ehtiyojini qondirish imkonini beradigan va resurslar oʻrnini egallaydigan qurilish materiallari roʻyxati tayyorlanadi.
Fayzulinning soʻzlariga koʻra, hozirda yuzaga kelgan ijtimoiy-iqtisodiy sharoitda ikki davlat qurilish materiallari ishlab chiqarish boʻyicha hamkorlikni kengaytirish, malakali kadrlarni jalb etish uchun qoʻshimcha imkoniyatlarga ega.
Bundan tashqari, uchrashuv davomida Oʻzbekistondan mutaxassislarni Rossiya qurilish obʼyektlariga jalb etish boʻyicha tajriba loyihasi doirasida xodimlarning oʻzaro hamkorligi yoʻlga qoʻyish muhokama qilingan. Oʻzbekistonda Rossiyadagi qurilish obʼyektlarida talabgir boʻlgan asosiy ish yoʻnalishlari boʻyicha oʻrta maxsus taʼlim bazasi shakllantirilgan.
Taʼkidlanishicha, migratsiya sohasidagi masalalarni muhokama qilish Rossiyaga kelayotgan va yerda ishlash niyatida boʻlganlarning malakasini oshirish hamda mehnat sharoitlarini yaxshilash uchun muhim.
Hozirgi geosiyosiy vaziyatda tashqi iqtisodiy strategiyani qayta koʻrib chiqish, diversifikatsiya qilish, ayrim hollarda hamkorlik yoʻnalishlarini qayta yoʻnaltirish masalalari muhim ahamiyatga ega. Birgalikdagi ishlar tarmoqlarning raqobatbardoshligini oshirish, qurilish materiallari va uskunalari kafolatlangan uzoq muddatli bozorni shakllantirish, shuningdek, yangi namunalar va texnologiyalarni yaratish boʻyicha ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirishga xizmat qiladi.
Yangiliklar lentasi
0