Rossiya

Rossiya sudi ekstremistik faoliyati uchun Facebook va Instagramni taʼqiqladi

© Sputnik / Maksim BlinovLogotipы kompanii Facebook i Meta
Logotipы kompanii Facebook i Meta  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 21.03.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Meta kompaniyasi Rossiya harbiylariga nisbatan tajovuzkor chaqiriqlarga ruxsat berganidan soʻng Bosh prokuratura Facebook va Instagramni ekstremistik tashkilot sifatida blokladi.
TOSHKENT, 21 mar — Sputnik. Moskva shahar Tverskoy tumani sudi dushanba 21 martdan boshlab Rossiya hududida Facebook va Instagramni ekstremistik faoliyati uchun taʼqiqladi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.
Sud qarori darhol kuchga kirdi.
Rossiya Bosh prokuraturasi oʻz daʼvosini Rossiya Fuqarolari huquqlari buzilishini oldini olishga qaratilgan deb izohladi. Chunki bundan oldin Instagram Rossiya vakolatli organlarining Rossiyaning Ukrainadagi maxsus operatsiyasi haqida 4,5 mingdan ortiq feyklarni oʻchirish haqidagi talabini inkor qilib kelgan. Shuningdek aholini noqonuniy mitinglarga chiqishga daʼvat qilgan.
Undan tashqari ushbu ijtimoiy tarmoqlarda Rossiya harbiylari va rossiyaliklarni oʻldirishga chaqiriqlar holatlari tez tez uchrab turibdi.
Prokuror WhatsApp messenjeri ishlashiga taʼqiq kiritilmaganini taʼkidlab oʻtdi.
Sudda Meta kompaniyasi vakili ijtimoiy tarmoq koʻpchillik foydalanuvchilarga kerak ekanini, undagi zararli axborot kerakli maʼlumotlarga nisbatan juda kam miqdorda ekanini va sud qarori qabul qilinganda, foydalanuvchi barcha maʼlumotdan mahrum boʻlishini aytib eʼtiroz bildirdi. Shuningdek kompaniya barcha jarimalarni toʻlaganini maʼlum qildi.
Eslatib oʻtamiz, bir necha kun oldin Meta "ayrim davlatlarda" Rossiya harbiylari va rossiyaliklarga nisbatan tajovuzkor chaqiriqlar qodirishga ruxsat bergan edi. Keyinchalik kompaniya oʻz talabini biroz oʻzgartirdi, lekin Rossiya huquqni saqlash organlari uchun ushbu qadam allaqachon "soʻnggi tomchi" boʻlishga ulgurgan edi.
Rossiya Bosh prokuraturasi Meta kompaniyasiga nisbatan uni ekstremistik tashkilot deb tan olish toʻgʻrisida jinoyat ishini boshlagan edi. Ayni damda Rossiyaning barcha hududlarida Instagram va Facebookka kirish bloklangan.
Yangiliklar lentasi
0