Dunyoda

Xitoy janubida yoʻlovchi samolyot halokatga uchradi – video

CC BY-SA 3.0 / Aeroprints.com / Passajirskiy Boeing 737 aviakompanii China Eastern razbilsya na yuge Kitaya
Passajirskiy Boeing 737 aviakompanii China Eastern razbilsya na yuge Kitaya - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 21.03.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Bortida 133 nafar yoʻlovchisi boʻlgan “China Eastern” aviakompaniyasi samolyoti qulab tushdi.
TOSHKENT, 21 mar — Sputnik. “China Eastern” aviakompaniyasining Boeing 737 yoʻlovchi samolyoti halokatga uchradi, deb xabar bermoqda RIA Novosti.
Samolyot Guansi-Chjua avtonom tumanining Uchjou okrugidagi togʻli joyda qulab tushgan. Uning bortida 133 kishi boʻlgan.
Flightradar maʼlumotlariga koʻra, halokatga uchragan “China Eastern” samolyoti mahalliy vaqt bilan soat 13:15 da Kunmindan uchgan va Guanchjou tomon yoʻl olgan. Soat 14:20 atrofida Uchjou hududida tezlikni keskin kamaytira boshlagan va qulay boshlagan. Shundan soʻng radar ekranlaridan yoʻqolib qolgan.
Hodisa oqibatida halok boʻlganlar va jabrlanganlar haqida maʼlumot hozircha kelib tushmagan. Qidiruv va qutqaruv ishlari boshlab yuborilgan.
Ijtimoiy tarmoqlarda samolyotning ehtimoliy qulagan joyi aks etgan videolar tarqalmoqda. Hodisa joyida oʻrmon yongʻini boshlangani aytilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0