Kolumnistlar

Yevropa yangi migratsion inqiroz uchun pul toʻlashga tayyor emas

© AFP 2022 / LOUISA GOULIAMAKIPeople walk to take further transportatipon after crossing the Ukrainian border into Poland in Medyka, southeastern Poland, on March 13, 2022.
People walk to take further transportatipon after crossing the Ukrainian border into Poland in Medyka, southeastern Poland, on March 13, 2022. - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 22.03.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Navbatdagi migratsion inqiroz boʻsagʻasida xudbin va kekkaygan Yevropa uchun inson hayoti sariq chaqaga arzimasligi yana bir bor namoyon boʻlmoqda.
Hozirgi zamon odami va postindustrial jamiyati uchun uchta haqiqiy sinov bor: tabiiy ofatlar, texnogen halokat va migratsiya inqirozi.
Bunday faavqulodda vaziyatlar davlatdan ham insondan ham bir zumda xudbinlik va ayrim qulayliklardan voz kechib, yuzaga kelgan holatga xotirjam va munosib javob qaytarishni talab qiladi.
Bugun birlashgan Yevropa uchun ana shunday chaqiriqlardan biri yangramoqda: BMT maʼlumotiga koʻra Ukrainaning 10 million aholisi yo xorijiy davlatda qochqinga aylangan yoki oʻz davlatida turar joyini oʻzgartirishga majbur boʻlgan.
Oʻzining insonparvarligi va har bir insonga hurmati bilan magʻrurlanadigan birlashgan Yevropa – oʻzlarining ushbu ruhlantiruvchi shiorlarini ish bilan isbotlashi kerak.
Boshqacha qilib aytganda, birlashgan Yevropa hozir ukrainlarga oʻz quchogʻini ochishi kerak. Ustiga ustak, vaziyat ana shunday tus olishiga Yevropaning oʻzi ham hissa qoʻshgan. Bir vaqtlar YEI DXR va LXR xalqlariga qarshi jinoyatlarga befarq boʻlmaganda, ehtimol bugun millionlab ukrainlar oʻz uyi oʻz vatanini tashlab qochmagan boʻlardi.
Xullas, bugun Yevropada 3 millionga yaqin ukrain ayollari, bolalari va qariyalari qochqin maqomida kirib kelgan. Albatta Yevropa demokratiya, shaxsiy va ijtimoiy erkinliklar gullab yashnagan makon, shuningdek u hamma toʻkin-sochin va boy-badavlat yashashi haqida biz oldin koʻp eshitganmiz.
Yuqoridagi gaplarning barchasi birlashgan Yevropa haqida odatda biz eshitadigan gaplar. Lekin real hayot qanday?
Keling dastlab birz ortga qaytaylik.
Suriyadagi qonli mojaro boshlanishida ham YEI yordam bergan edi. Ommaga hamma narsa oʻsha muqaddas “inson huquqlari” himoyasi uchun deyilgan boʻlsa-da, asl maqsad – Damashqdagi rasmiy hukumatni almashtirish boʻlganini hozir hech kim yashirmaydi. Oqibatda oʻz uyi, oʻz tili va oʻz yeriga ega boʻlgan millionlab suriyaliklar Yevropa eshigini qoqishga majbur boʻlishdi.
Yevropa esa, dastlab hushini yoʻqotdi va barcha chegaralarni mahkam berkitib oldi. Bir necha oy davom etgan muhokama va tortishuvlardan soʻng, oʻsha vaqtdagi Germaniya kantsleria Angela Merkelning siyosiyo obroʻyi tufayli demokratik Yevrpaning eshiklari istamaygina ochildi.
Aytish joizki, yevropaliklar tilida “mutlaq nodemokratik” davlat boʻlgan Saudiya Arabistoni lom-mim demasdan Suriyadan YEIga nisbatan ikki baravar koʻp qonchiq qabul qildi. Yaqin Sharqning boshqa davlatlari ham chetda qolmadi – yaqin qoʻshni Iordaniya ham bir necha million suriyaliklarni qabul qildi. Qochqinlar ortiqcha yugur-yugursiz, qabul qilindi ularga darhol barcha kerakli hujjatlar berildi. Suriyaliklar qirollikda oʻqishi, ishlashi va umuman yangi hayotni boshlashi mumkin boʻldi.
YEIda esa suriyaliklarni qabul qilish katta qiyinchiliklar bilan kechdi. Yevroittifoq jamiyatining oʻzi hatto yoʻq boʻlib ketish xavfi ostida qolgandek boʻldi.
Aynan qochqinlar tufayli Brexit sodir boʻldi. Konstitutsiyaviy va demokratik hisoblangan Britaniya fuqarolari suriyaliklarni oʻziga teng insonlar deb qabul qilishdan bosh tortdi va YEIdan chiqish uchun ovoz berishdi.
Esingizda boʻlsa, oʻshanda Polsha ham Boltiqboʻyi davlatlari ham qochqinlarni qabul qilishni istamagan edi. Bunday davlatlarga qarshi chora koʻrish sifatida YEI rahbariyati qochqinlarni qabul qilish boʻyicha kvota joriy etgan edi. Axir, ularning oʻz davlatlarini ID* tomonidan qonli jang maydoniga aylanishiga YEIning ham hissasi bor edi-da.
Qochqinlarni bir iloj bilan arzon uylarga joylashtirib, ularga yordam puli bergan YEI muammoni ham qildik deb oʻylagan edi. Shu vaqt kutilmaganda AQSH Afgʻonistodan qochishni istab qoldi. U yerda esa yuz minglab Amerika hukumatiga ishongan, ular uchun ishlagan fuqarolar esa yana qochqinlar safini toʻldirdi.
Bugun esa Yevropa yangi, misli koʻrilmagan inqirozga duch keldi. Bu nafaqat qochqinlarning millionlab kishi ekani tufayli, balkim ular jamiyatning eng nozik va himoyalanmagan qatlami ekani bilan ham bogʻliq. Axir Ukrainani tark etgan fuqarolar asosan ayollar, bolalar va qariyalar. Mana endi vanihoyat birlashgan Yevropa oʻzining haqiqiy mehmondoʻstligini namoyish qiladi, oʻz kollektiv bagʻrining kengligini koʻrsatadi, degan umid bor edi.
Lekin aslida vaziyat biroz boshqacha tus olmoqda.
Birinchilardan boʻlib Polsha dod soldi va uning imkoniyat chegarasi toʻlganini maʼlum qildi. Boltiqboʻyi davlatlari ham qochqinlarni qabul qilishga unchalik shoshilmayapti: “Biz oʻzimiz kambagʻal, yana qochqinlar...”
Vengriyada qochqinlarning ayrimlari (volontyorlar va ijtimoiy tarmoqlarga koʻra) u yer bu yerga boshlarini suqib, uyiga qaytishni maʼqul koʻrishmoqda. Hamma bir xil emas albatta, lekin ana shunday tendentsiya ham bor.
Hozircha qochqinlarni Yevropaning eng boy davlatlari qabul qilmoqda – Frantsiya va Germaniya. Hisobotlarga koʻra. Diqqat bilan qaraganda, bunday mehmondoʻstlikning muddati cheklangani aniq boʻladi. Yevropa qochqinlarni uch yilgacha qabul qilishga tayyor. Tezlashtirilgan tartibda yashashga ruxsatnoma bir yilga beriladi. Keyin uni yana ikki marotaba uzaytirish mumkin. Undan keyin nima boʻlishini hech kim bilmaydi.
Qochqinlarga kuniga 20 Yevro posobiya beriladi. Bolalari bilan kelganlarga ikki kishilik posobiye toʻlanadi. Agar bolalar soni 2tadan koʻp boʻlsa yordam puli miqdori biroz oshadi. Turar joy bepul taqdim etilgan taqdirda ham, bu pullar faqat ochlikdan oʻlmaslik uchun yetadi xolos.
Qochqinlar albatta ish topishlari mumkin. Germaniyada ham Frantsiyada ham bunday imkon bor, lekin taklif qilinayotgan ishlarni “orzudagi” ish deyish qiyin. Maosh ham mahalliy aholi bilan bir xil miqdorda toʻlanishiga shubha bor. Bu yevropaliklarning ziqnaligi tufayli emas, shunchaki bu yerda shunday tartiblar oʻrnatilgan. Kelgindi ishchilar mehnati bu yerda yuqori qadrlanmaydi.
Frantsiyada marokashlik tosh terar ustalar yoki Germaniyadagi turkiyalik axlat tozalovchilar ushbu holatning koʻrgazmali namunasi boʻlishi mumkin.
Xulosa shuki, yetti yil oldin insonparvarlik boʻyicha imtihondan yiqilgan va pandemiya davrida ham oʻz qoʻrquv va fobiyalarini barchaga namoyish qilgan Yevropa bu safargi inqirozda ham kamsuqumlik bilan oʻz yuzini saqlab qolmoqchi.
Ikkinchi tomondan, oʻz vaqtidan sotqinlik qilish bu, majburiyatni buzish emas kelajakni koʻra bilish qobiliyati borlikni anglatadi (shunday anekdot bor).
Nima boʻlganda ham bugungi keskinlashib borayotgan dunyoda xudbin va kekkaygan Yevropa uchun insonlar hayoti sariq chaqaga arzimasligi yana bir bor namoyon boʻlmoqda.
*Rossiyada taʼqiqlangan terrorchi tashkilot
Yangiliklar lentasi
0