Jamiyat

Toshkent imtihon markazi testdan oʻtish narxlarini keskin oshirdi

© Sputnik / Vitaliy Belousov / Fotobankka oʻtishTeoreticheskiye i prakticheskiye zanyatiya v avtoshkole DOSAAF
Teoreticheskiye i prakticheskiye zanyatiya v avtoshkole DOSAAF - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 22.03.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Haydovchilik guvohnomasini olish uchun imtihon topshirish boʻyicha Toshkent shahridagi yagona markaz 1 apreldan nazariy va amaliy test sinovlaridan oʻtish narxini oshiradi.
TOSHKENT, 22 mar — Sputnik. Haydovchilik guvohnomasini olish uchun imtihon topshirish boʻyicha Toshkent shahridagi yagona markaz — Yagona imtihon markazi 1 apreldan test sinovlaridan oʻtish narxi oshiradi. Bu haqda markaz matbuot xizmati xabar berdi.
Xabarda yozilishicha, markaz ochilgan paytda belgilangan 100 ming soʻmdan 150 ming soʻmga (50 foizga) oshadi.
“Bizning asosiy hamkorlarimiz mamlakatlaridagi beqaror iqtisodiy vaziyat, mamlakatimizda inflyatsiyaning tezlashishiga sezilarli taʼsir koʻrsatayotgan valyuta kursining keskin oʻzgarishi munosabati bilan yuqori sifat va xizmat koʻrsatish darajasini saqlab qolish uchun 1 apreldan boshlab Toshkent imtihon markazi nazariy va amaliy imtihonlarni topshirish uchun birinchi urinish narxini 150 000 soʻmgacha oshirishga majbur”, - deyiladi xabarda.
Avvalroq Milliy mass-mediani qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi Komil Allamjonov Yagona imtihon markazi imtihonlarida korruptsiya butunlay tugatilganini maʼlum qilib, fuqarolarni firibgarlardan ogohlantirgan edi.
3 fevral kuni Toshkentda haydovchilik guvohnomasini olish uchun imtihon topshirish boʻyicha Toshkent imtihon markazi ish boshlagan. U yerda haydovchilik guvohnomasini olishga nomzodlar nazariy va amaliy test sinovlaridan iborat avtomatlashtirilgan imtihondan oʻtishlari mumkin. Uning afzalliklaridan biri shundaki, fuqarolar bilimini baholashda inson omili ishtirok etmaydi, butun jarayon avtomatlashtirilgan va shaffof.
Yangiliklar lentasi
0