Iqtisod

“Chirchiq” texnoparki loyihasi boshlandi - foto

Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Mazkur texnoparkning umumiy maydoni 31,2 gektar boʻlib, bu yerda dastlabki bosqichda 2 ming 200 ta ish oʻrinlari yaratiladi.
TOSHKENT, 23 mar — Sputnik. Toshkent viloyati Chirchiq shahrida "Chirchiq” kimyo-industrial texnoparkining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. Unda Tatariston prezidenti Rustam Minnixanov va Oʻzbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov ishtirok etishdi.

“Chirchiq” texnoparki tataristonlik hamkasblarning tajribasi va bilimlari bilan amalga oshirilmoqda. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning alohida qarori bilan rezidentlar uchun katta soliq imtiyozlari va 3 yilgacha bojxona bojidan ozod qilish koʻzda tutilgan. ˂...˃ Yaqin yillarda bu yerda Oʻzbekiston iqtisodiyoti uchun muhim boʻlgan 100 dan ziyod mahsulotlar ishlab chiqariladi”, - dedi soʻzga chiqqan Aripov.

Minnixanov Chirchiq shahridagi bu industrial park mintaqaviy darajada Rossiya-Oʻzbekiston munosabatlarining kengayishi uchun yaxshi hissa qoʻshishini taʼkidladi.
Mazkur texnoparkning umumiy maydoni 31,2 gektar boʻlib, bu yerda dastlabki bosqichda 2 ming 200 ta ish oʻrinlari yaratiladi.
Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Tatariston prezidenti Rustam Minnixanovning qarorlari bilan "Oʻzkimyosanoat" va "Ximgrad" Chirchiq shahrida Rossiya kompaniyalarining ishlab chiqarishini mahalliylashtirishga moʻljallangan industrial park tashkil etmoqda. Texnopark hududida alohida soliq, bojxona va valyuta tartibotlari amal qiladi. Qonunda belgilangan soliq imtiyozlari, shuningdek, bojxona toʻlovlari boʻyicha imtiyozlar Texnopark ishtirokchilari, Direktsiya va boshqaruv kompaniyasi tomonidan kiritilgan investitsiyalar hajmidan qatʼi nazar 10 yil muddatga beriladi.
Texnopark faoliyatining asosiy yoʻnalishlari biri yuqori qiymatga ega boʻlgan, tashqi bozorda xaridorgir va import oʻrnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish uchun xorijiy va mahalliy investitsiyalarni keng jalb qilish, xalqaro standartlarga muvofiq energiya tejamkor, atrof-muhit muhofazasini taʼminlashga qaratilgan va ekologik xavfsiz ishlab chiqarish quvvatlarini barpo etish.
Qolaversa, Toshkent viloyatining ishlab chiqarish va resurs salohiyatidan kompleks hamda samarali foydalanishni taʼminlash orqali mahsulot eksport salohiyatini oshirish maqsadida hududda ishlab chiqarishni kengaytirish vazifalardan biri sanaladi.
1/8

"Chirchiq" kimyo-industrial texnoparki loyihasi

2/8
3/8
4/8
5/8
6/8
7/8
8/8
Yangiliklar lentasi
0