O‘zbekiston xalq artisti Maram Ixtiyorova vafot etdi

© Ministerstvo kulturi Respubliki UzbekistanNarodnaya artistka Uzbekistana Maryam Ixtiyarova
Narodnaya artistka Uzbekistana Maryam Ixtiyarova - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.03.2022
Obuna bo‘lish
Muqimiy nomidagi O‘zbekiston davlat musiqali teatri ustoz san’atkori, O‘zbekiston xalq artisti Maram Ixtiyorova olamdan o‘tdi.
TOShKENT, 23 mar — Sputnik. O‘zbekiston xalq artisti Maram Ixtiyorova 82 yoshda vafot etdi. Bu haqda Madaniyat vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Maram Ixtiyorova 1939-yil 21-aprelda Xorazm viloyatining Yangiariq tumanida tavallud topgan. Teatr va rassomchilik san’ati oliygohida tahsil olgan.
Maram Ixtiyorova o‘z faoliyatini 1959-yilda Muqimiy nomidagi O‘zbekiston davlat musiqali teatrida boshlagan. U o‘zining uzoq yillik faoliyati davomida ko‘plab spektakl va filmlarda ishtirok etgan. Shuningdek turli radioeshittirishlar va xajviy teleko‘rsatuvlarda ham muntazam qatnashgan.
Ko‘p yillik faoliyati davomida "O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist", 1997-yilda "O‘zbekiston xalq artisti" kabi unvonlar hamda 2016-yilda "Shuhrat" medali bilan taqdirlangan.
O‘zbekiston xalq artisti To‘ti Yusupova vafot etdi
Yangiliklar lentasi
0