Kolumnistlar

“Boltiq yoʻlbarslari” jarlikka sakrashga tayyorlanishmoqda

© AP Photo / Roman KoksarovVoyska NATO na voyennoy baze Adaji v Kadage, Latviya
Voyska NATO na voyennoy baze Adaji v Kadage, Latviya - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 24.03.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Boltiq mamlakatlarini bemulohaza harbiylashtirish, NATOning muntazam mashgʻulotlari, Boltiqboʻyi hududida xorijiy qoʻshinlar va zarba beruvchi qurollarning doimiy boʻlishi chegaradosh Belarus va Rossiya bilan ehtimoliy xavfli mojaroni shakllantirdi.
“Boltiq yoʻlbarslari” uchun oldindan halokatga olishi kelishi ayon boʻlgan “notoʻgʻri” qoʻshnilarga qarshi qurolli tajovuzkorligi vaqt yoki Vashington jamoasi ishi boʻlmoqda. Ukrainadagi voqealar tasdiqlaydiki: NATOning sharqqa siljish geosiyosiy mazmuni - demokratiya urugʻi emas, balki Moskva va Minsk bilan qaynoq urush.
NATOning Latviyadagi kengaytirilgan (xorijiy) jangovar guruhi Kanadadan qoʻshimcha kuchlarni olishda davom etmoqda – oʻzining qurol texnikasi boʻlgan 460 artilleriyachi. Adaji bazasidagi Kanada qoʻshinlari soni 660 askargacha koʻpayadi, va bu Latviya Milliy qurolli kuchlari tarkibining 10 foizdan ziyodi.
Kanadalik mutaxassislar Adaji bazasida latviyalik harbiy xizmatchilarni oʻqitish va mashgʻulotlarni tashkil etishda asosiy rolni oʻynashadi. Qolaversa, kanadaliklar oʻquvlardan jangovar harakatlarga oʻtishga tayyorliklarini bildirishdi. “Tinchlanish” operatsiyasi doirasida Kanada Boltiqqa oʻzining “Halifax” turdagi raketa fregatlarini ham joʻnatdi, dushmanning suvosti qayiqlari, suvusti kemalarini qidirish va yoʻq qilishga moʻljallangan CP-140 Aurora patrul samolyotlari ishga solingan.
Qayd etish joizki, busiz ham Latviyada mana beshinchi yildirki xorijiy qoʻshinlarning katta va yaxshi qurollangan kontingenti boʻlib turibdi – Kanada, Albaniya, Chexiya, Islandiya, Italiya, Chernogoriya, Polsha, Slovenii, Ispaniya va Slovakiyaning 1500 nafardan ziyod askari. Rossiya Qurolli kuchlarining (QK) Ukrainadagi maxsus operatsiyasi boshlanishiga qadar Pentagon Boltiq mamlakatlariga Italiyadan 800 nafar harbiy xizmatchi hamda bir nechta F-35 qiruvchilari va oʻttiztacha AH-64 Apache vertolyotlarini qoʻshimcha ravishda joʻnatgandi.
Polsha “ikkinchi fronti” Ukraina davlatiga tahdid solmoqda
24 fevraldan soʻng Sharqiy Yevropaga 22 mingga yaqin xorijiy harbiy xizmatchilar qoʻshimcha joylashtirilgan, alyans birinchi marta oʻzining tez munosabat bildiruvchi kuchlarini safarbar qildi – 40 minga yaqin harbiy xizmatchilar, jumladan, “betaraf” Finlyandiya va Shvetsiyadan.
Ammo Latviya prezidenti Egils Levits AQSH armiyasi hamisha boʻlishi va Latviya hududida “mutlaqo xorijiy” harbiy baza joylashtirilishini talab qilmoqda. Latviya mudofaa vaziri Artis Pabriks Milliy qurolli kuchlar uchun Turkiyaning “Bayraktar” dronlarini yetkazib berishni muhokama qilmoqda. Qanday qilib tajribali “koʻngillilarni” Ukrainaga joʻnatish ustida bosh qotirmoqda. Boshqa “Boltiq yoʻlbarslari” ham soʻnggi sakrashga – jarlikka vasvasali moyillikni namoyon etishmoqda.

Yoʻlaklar devorlar bilan tugaydi

Boltiqboʻyi harbiy-siyosiy keskinlikning markaziga aylanmoqda. Litva (350 nafar nemis askari) va Estoniya (1000 nafar Britaniya askari va “Challenger”, 200 nafar frantsuz askari va toʻrtta “Mirage” qiruvchisi) xorijiy harbiylar boʻlishini koʻpaytirdi.
Boltiq mamlakatlari Ukrainaga birdamlik ramzi tariqasida 10 nafar Rossiya elchixonalari xodimlarini joʻnatib yuborishdi.
Latviya, Litva va Estoniya Rossiyaning dengiz qamali va oʻzlarining tajovuzkorlik xatti-harakatlari uchun jazosiz qolishlari haqida orzu qilishadi. Shu bois YEI va NATOdagi katta hamkorlaridan Rossiya bayrogʻi ostidagi kemalar uchun dengiz portlarini yopishni, “Patriot” zenit-raketa majmualarini bepul berishni talab qilishmoqda. Litva yaqinda 16 kmgacha balandlikda, 40 kmgacha uzoqlikda ishlaydigan Norvegiya majmualarini xarid qildi, biroq bu allaqachon kamlik qilmoqda.
“Unified Response” mashqlar shaklidagi Litva janubidagi uch haftalik poligon mashgʻulotlaridan soʻng buyuk Litva knyazi Algirdas bataloni “strategik” Mariyampolskiy uyezdi, Rossiyaning Kaliningrad viloyatiga chegaradosh yerga oʻtdi. Boltiq mamlakatlarini Polsha va “katta NATO” bilan bogʻlovchi Suvalski yoʻlagi deb ataluvchining shimoliy qismida litvalik jangchilar qoʻriqlash va boshqa taktik operatsiyalarni oʻtkazishmoqda. Anchadan beri kutilayotgan Rossiya-Belarus qoʻshinlarining bostirish kirishi, Grondensk viloyatini (Belarus) va Kaliningrad (Rossiya) bilan bogʻlanishi va Boltiqboʻyini egallab olinishiga yoʻl qoʻymaslik maqsadida.
Litva milliy armiyasi bu xomxayollarga juda jiddiy munosabatda, dushmanning hujumi ostida shaharlarga chekinish va u yerda jang qilishga hozirlanmoqda – tinch aholi ortida (Ukraina Qurolli kuchlarining Mariupoldagi taktikasini yodga olamiz).
NATO "tinchlikparvarlari"ga "Xanjar"li ogohlantirish
Klaypeda dengiz portida “Sachsen-Anhalt” nemis fregati kelib toʻxtadi. Bu raketai qurol uzoqlikdagi havo, suvosti va yerustidagi nishonlarni yakson qilishga moʻljallangan. Kim dushman? Javobsiz savol, NATO mamlakatlari tashqi siyosati bir necha yillar oldinga tuzib qoʻyilgan.
Kamuflyaj kiyib, Litva prezidenti Gitanas Nauseda Pabrade poligonidagi AQShning quruqlikdagi qoʻshinlari zirhli tank bataloni harbiy xizmatchilarini koʻrgani bordi, goʻyoki respublikada Amerika harbiylari amerikaparast laganbardorlaridan boshqa muhim ish yoʻqdek.
Belgiya HHKning F-16 qiruvchilari Estoniya havo maydonida kuniga besh marta parvoz qiladi – bevosita Rossiya chegaralariga yaqin hududda.
Maʼlumki, yaqin masofadagi parvozlar dushmanning havo hujumiga qarshi mudofaasini yorish uchun foydalaniladi (Leningrad va Pskov viloyatlarida).

Uchib kelib, dakki yeyishadi

Bir vaqtning oʻzida Polsha hududida, Belarus chegaralari yaqinida AQShning zihrli texnikasi faol jamlanmoqda. NATO Sharqiy Yevropadagi toʻrtta yangi guruh haqida gapirmoqda (jami – sakkizta).
Rossiya TIV Boltiq mintaqasida NATOning xorijiy harbiy guruhlari va infratuzilmalari koʻpayishi igʻvoli xususiyatga ega va ziddiyat darajasini kuchaytiradi.
Shu bilan birga “hamkorlarning” mintaqaviy tashvish uchun obʼyektiv sabablari yoʻq va boʻlishi ham mumkin emas. Tinchliksevar Rossiya va Belarus Vashington va Bryussel tomonidan adovat va rusofobiya girdobiga tortilgan Boltiq mamlakatlariga hududiy daʼvolari yoʻq.
Bu loyihaning yakunida Rossiya QK tinchlikka majburlash (demilitarizatsiya) maxsus operatsiyasi koʻrib turibdi. Moskva Boltiqdagi qoʻshnilarning Rossiyaga qarshi siyosatidagi maʼnoni koʻrmaydi va Latviya, Litva, Estoniyani jarlikka qulamaslikka chaqirmoqda. Hatto YEI, AQSH va NATOning katta pullari evaziga ikkinchi hayotni sotib ololmaysan.
Yangiliklar lentasi
0