https://oz.sputniknews-uz.com/20220324/fvv-sovuq-kunlarda-is-gazidan-zaharlanishdan-ogohlantirdi-23544034.html
FVV sovuq kunlarda is gazidan zaharlanishdan ogohlantirdi
FVV sovuq kunlarda is gazidan zaharlanishdan ogohlantirdi
FVV mart oyida yongʻinlar, is gazidan zaharlanish sezilarli darajada faollashishi munosabati bilan ehtiyot choralarini eslatdi. 24.03.2022, Sputnik Oʻzbekiston
2022-03-24T19:07+0500
2022-03-24T19:07+0500
2022-03-24T19:07+0500
jamiyat
favqulodda vaziyatlar vazirligi (fvv)
is gazidan zaharlanish
is gazi
/html/head/meta[@name='og:title']/@content
/html/head/meta[@name='og:description']/@content
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e5/0b/0c/21323655_0:0:3071:1728_1920x0_80_0_0_4c08406593aafd849dcda67afa4ea5ea.jpg
TOSHKENT, 24 mar — Sputnik. Mart oyining oʻtgan davrida yongʻin, is gazidan zaharlanish va gaz-havo aralashmasining chaqnashi bilan bogʻliq fojialar yuz berdi. Bu haqida AOKAda Favqulodda vaziyatlar vazirligi bosh boshqarma boshligʻi Oʻlmas Muzaffarov ishtirokida oʻtkazilgan brifingda maʼlum qilindi.“Qish davrining ortda qolganligiga qaramasdan soʻnggi paytlarda respublikada isitish moslamalaridan notoʻgʻri foydalanish oqibatida insonlarning is gazidan zaharlanish holatlari hamon tashvishli boʻlib qolmoqda. Oʻtgan yillar tahlili natijalari shuni koʻrsatmoqdaki, oʻziga xos yongʻinlar, is gazidan zaharlanish hamda gaz-havo aralashmasining chaqnash holatlari shu davrda sezilarli darajada faollashadi”, deydi Oʻlmas Muzaffarov.FVV yuqoridagi kabi fojialarga yoʻl qoʻymaslik, baxtsiz hodisalarning oldini olish maqsadida xavfsizlik qoidalariga amal qilishni soʻrab qolmoqda.Xavfsizlik qoidalariga rioya qilish boʻyicha tavsiyalar:Shu bilan birga, vazirlik xonada gaz hidi sezilsa, chiroq va uchqun chiqaruvchi moslamalardan aslo foydalanmaslik, darhol xonani shamollatish, gaz uskunalari bilan nosozliklar aniqlanganda hududiy gaz taʼminoti filiallariga zudlik bilan xabar berishni tavsiya qilmoqda.
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2022
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e5/0b/0c/21323655_340:0:3071:2048_1920x0_80_0_0_6c96a78232deecdd62903ef500a9aa22.jpgSputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
favqulodda vaziyatlar vazirligi (fvv), is gazidan zaharlanish, is gazi
FVV sovuq kunlarda is gazidan zaharlanishdan ogohlantirdi
FVV mart oyida yongʻinlar, is gazidan zaharlanish sezilarli darajada faollashishi munosabati bilan ehtiyot choralarini eslatdi.
TOSHKENT, 24 mar — Sputnik. Mart oyining oʻtgan davrida yongʻin, is gazidan zaharlanish va gaz-havo aralashmasining chaqnashi bilan bogʻliq fojialar yuz berdi. Bu haqida AOKAda Favqulodda vaziyatlar vazirligi bosh boshqarma boshligʻi Oʻlmas Muzaffarov ishtirokida oʻtkazilgan brifingda
maʼlum qilindi.
“Qish davrining ortda qolganligiga qaramasdan soʻnggi paytlarda respublikada isitish moslamalaridan notoʻgʻri foydalanish oqibatida insonlarning is gazidan zaharlanish holatlari hamon tashvishli boʻlib qolmoqda. Oʻtgan yillar tahlili natijalari shuni koʻrsatmoqdaki, oʻziga xos yongʻinlar, is gazidan zaharlanish hamda gaz-havo aralashmasining chaqnash holatlari shu davrda sezilarli darajada faollashadi”, deydi Oʻlmas Muzaffarov.
FVV yuqoridagi kabi fojialarga yoʻl qoʻymaslik, baxtsiz hodisalarning oldini olish maqsadida xavfsizlik qoidalariga amal qilishni soʻrab qolmoqda.
Xavfsizlik qoidalariga rioya qilish boʻyicha tavsiyalar:
qoʻlbola va nosoz gaz, elektr isitish moslamalaridan aslo foydalanmang;
isitish pechlari va ularning moʻrilarini sozligi, moʻrilarning turli buyum va toʻsiqlar bilan berkilib qolmaganligiga doim eʼtibor qarating;
mutaxassislarni jalb etgan holda isitish pechlari va ularning moʻrilarini yana bir bor tozalatish choralarini koʻring;
isitish moslamalaridan foydalanishda ularni ishlab chiqargan korxonaning tavsiya va yoʻriqnomasi talablariga rioya qiling;
gaz uskunalarini ulash tartib qoidalariga rioya qiling;
gaz plitalardan xonalarni isitish maqsadida foydalanmang;
nosoz elektr rozetka, oʻchirgich, elektr jihoz va maishiy texnikalardan foydalanmang;
elektr sim va kabellarning tashqi himoya qobiqlarining himoyalash darajasi yoʻqolgan yoki zararlanganlaridan foydalanmang;
yosh bolalarni uyda qarovsiz qoldirmang va ularga olov bilan bogʻliq uy yumushlarni bermang;
Shu bilan birga, vazirlik xonada gaz hidi sezilsa, chiroq va uchqun chiqaruvchi moslamalardan aslo foydalanmaslik, darhol xonani shamollatish, gaz uskunalari bilan nosozliklar aniqlanganda hududiy gaz taʼminoti filiallariga zudlik bilan xabar berishni tavsiya qilmoqda.