Iqtisod

Mirziyoyev Toshkent xalqaro investitsiya forumida nimalar dedi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev vыstupayet na Tashkentskom investitsionnom forume
Shavkat Mirziyoyev vыstupayet na Tashkentskom investitsionnom forume - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 24.03.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Prezident: Biz Oʻzbekistonning 2030 yilga borib aholisi oʻrtadan yuqori daromad oladigan davlatlar qatoridan joy olishiga erishishni maqsad qilib qoʻyganmiz.
TOSHKENT, 24 mar — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent xalqaro investitsiya forumining yalpi sessiyasida nutq soʻzladi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev vыstupayet na Tashkentskom investitsionnom forume
Shavkat Mirziyoyev vыstupayet na Tashkentskom investitsionnom forume - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 24.03.2022
Shavkat Mirziyoyev vыstupayet na Tashkentskom investitsionnom forume
Davlat rahbarining soʻzlariga koʻra, bugungi kunda Oʻzbekiston oʻzining geografik joylashuviga koʻra, Shimol va Janubni, Gʻarb va Sharqni magistral tranzit koridorlari orqali bogʻlab turadigan Markaziy Osiyo mintaqasining oʻzagi hisoblanadi.

Soʻnggi yillarda erishilgan yutuqlar va islohotlar

Ilgari investorlarni Oʻzbekiston bozoriga kirishi va erkin faoliyat yuritishiga toʻsqinlik qilgan barcha omillarni bartaraf etilib, tadbirkorlik uchun qulay sharoitlar yaratila boshlangan.
Jumladan, 2017 yilda milliy valyuta – soʻmning erkin konvertatsiyasini joriy qilib, xorijiy investorlar tomonidan foydani repatriatsiya qilish bilan bogʻliq barcha cheklovlar olib tashlangan.
Mamlakat bank va yirik korxonalari ilk marta xalqaro reytinglar olib, jahon moliya bozorlariga chiqqan. Dunyo bozorlariga milliy valyutada ham xalqaro obligatsiyalar chiqarildi.
Mirziyoyev mamlakatda ochiqlik siyosatini taʼminlash uchun 90 ta xorijiy davlat fuqarolari uchun Oʻzbekistonga vizasiz kirish imkoniyatini yaratilganini eslatdi. Yana 60 ga yaqin mamlakat fuqarolariga esa yengillashtirilgan tartibda viza olish imkoniyati berildi.
Davlat rahbari koʻp yillar davomida mamlakatni turli “qora roʻyxat”larga kiritilishi uchun sabab boʻlgan majburiy, jumladan, bolalar mehnatiga toʻliq barham berilganini qayd etdi.
Soʻnggi yillarda soliqlarning umumiy sonini 13 tadan 9 tagacha kamaytirilgan.
Mol-mulk, shaxsiy daromad va ijtimoiy soliq stavkalari ikki barobarga pasaytirildi. Shu bilan birga, 6 mingga yaqin import boj stavkalari ham pasaytirildi.
Shuningdek, oʻtgan 5 yil ichida 200 ga yaqin litsenziya va ruxsatnomalar bekor qilindi yoki soddalashtirildi.
Tadbirkorlik subʼyektlari zimmasidagi soliq yukini yanada kamaytirish hamda soliq maʼmurchiligini takomillashtirish choralari tizimli ravishda davom ettirilmoqda.
Oʻzbekistonda xorijiy investorlar bilan ishlashning “yagona darcha” tamoyili asosida mutlaqo yangi tizimi joriy etilib, sarmoyadorlarga har tomonlama koʻmak beradigan, barcha hududlar va tarmoqlarni qamrab olgan Investitsiyalar vazirligi faoliyati yoʻlga qoʻyildi.
“Natijada iqtisodiyotimizga jalb qilingan yillik xorijiy investitsiyalar hajmi uch yarim barobarga oshib, oxirgi 5 yilda ularning umumiy qiymati 25 milliard dollarni tashkil etdi”, - dedi prezident.
Mirziyoyev mamlakatga amalga oshirilayotgan islohotlar ortga qaytmaydigan muqarrar tus olgani real haqiqat ekanini urgʻuladi.
Islohotlarning dastlabki yillaridayoq, iqtisodiyotning yillik oʻrtacha oʻsishi 5 foizni, sanoat sohasida esa – 8 foizni tashkil etgan. Mamlakat oltin-valyuta zaxiralari 27 milliard dollardan 35 milliard dollarga yetgan.

Rejalar va koʻzlanayotgan marralar

Prezident investitsiyalarni jalb qilish jarayonini takomillashtirish boʻyicha muhim chora-tadbirlarni belgilab berdi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev vыstupayet na Tashkentskom investitsionnom forume
Shavkat Mirziyoyev vыstupayet na Tashkentskom investitsionnom forume - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 24.03.2022
Shavkat Mirziyoyev vыstupayet na Tashkentskom investitsionnom forume
Mamlakatning investitsion jozibadorligini oshirish, biznes muhitini yanada yaxshilash yoʻnalishida amaliy takliflarni ishlab chiqish maqsadida 2022 yildan eʼtiboran prezident huzuridagi Xorijiy investorlar Kengashi yigʻilishlarini muntazam oʻtkazib borish yoʻlga qoʻyiladi.
Shuningdek, “kraud-sorsing” platformasi va zamonaviy raqamli yechimlardan foydalangan holda, barcha tarmoqlar va hududlardagi investorlar va tadbirkorlar bilan toʻgʻridan-toʻgʻri muloqot oʻtkazish amaliyotini davom ettiriladi.
Keyingi 5 yil ichida yalpi ichki mahsulotni 100 milliard dollarga, yillik eksport hajmlarini esa 30 milliard dollarga yetkazish koʻzda tutilgan.
Xususiy sektorning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 80 foizga yetkaziladi.
“Biz Oʻzbekistonning 2030 yilga borib aholisi oʻrtadan yuqori daromad oladigan davlatlar qatoridan joy olishiga erishishni maqsad qilib qoʻyganmiz", - dedi Shavkat Mirziyoyev.

Yangi Oʻzbekiston - yangi hamkorlik

Oʻzbekistonda investorlarga 200 dan ortiq jozibador loyiha takliflari havola etiladi.
Davlat rahbari bugungi kunda yangilanish va islohotlar yoʻlidan dadil borayotgan Yangi Oʻzbekiston bilan amaliy hamkorlik oʻrnatishga taklif qildi.

“Sizlarning mamlakatimizdagi muvaffaqiyatingizni taʼminlash Oʻzbekiston prezidenti va Hukumati tomonidan kafolatlanadi", - dedi prezident.

Mirziyoyev forumda Oʻzbekiston prezidenti komandasi aʼzolari – vazirlar, idoralar va mahalliy hokimliklar rahbarlari ham qatnashayotgani, ular Yangi Oʻzbekiston vakillari ekani va ushbu forumga tayyorgarlik doirasida undan aniq topshiriqlar olishganini taʼkidladi.
“Bu rahbarlar forumga tashrif buyurgan Siz, hurmatli mehmonlarimiz bilan amaliy va oʻzaro manfaatli hamkorlik oʻrnatish, yangi loyihalarni ishlab chiqish, eng muhimi – investor va tadbirkorlarga har tomonlama qulay sharoitlar yaratish uchun muntazam ishlashga tayyor”, - dedi Oʻzbekiston rahbari.
Bu forum 24-26 mart kunlari boʻlib oʻtadi. Unda xalqaro tashkilotlar va moliyaviy tuzilmalar, 56 ta davlatdan 1 ming 500 nafardan ziyod yirik investorlar va yuqori martabali mehmonlar qatnashishi kutilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0