Iqtisod

Soliq maʼmurchiligiga oid oʻzgarishlar kelgusi yilga qoldirilishi mumkin – moliya vaziri

© Mejdunarodnыy press-klubPervыy zamestitel predsedatelya Tsentralnogo banka Respubliki Uzbekistan Timur Ishmetov
Pervыy zamestitel predsedatelya Tsentralnogo banka Respubliki Uzbekistan Timur Ishmetov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 24.03.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Moliya vaziri Timur Ishmetov soliq maʼmurchiligiga oid barcha oʻzgarishlarni bir necha oyga yoki kelgusi yilga qoldirish boʻyicha takliflar ishlab chiqilishini maʼlum qildi.
TOSHKENT, 24 mar — Sputnik. Har qanday vaziyatda Hukumatning asosiy vazifasi makroiqtisodiy barqarorlikni saqlab qolish boʻladi. Bu haqda moliya vaziri Timur Ishmetov prezident raisiligida yigʻilishdan soʻng maʼlum qildi.
“Bunda byudjetga taʼsiri (dunyoda boʻlayotgan voqealarning Oʻzbekiston iqtisodiyotiga salbiy taʼsiri – tahr.) hisob-kitob qilindi. Topshiriq olindiki, tasdiqlangan byudjet taqchilligini saqlab qolish, yaʼni ortiqcha xarajatlarga yoʻl qoʻymaslik. Ish haqi, pensiya, nafaqalarni oʻz vaqtida toʻlab borish boʻyicha choralarni koʻrib borish”, - dedi moliya vaziri.
Ishmetovning soʻzlariga koʻra, soliq maʼmurchiligiga oʻzgarishlarni oid kelgusi yilga qoldirish taklifi koʻrib chiqilmoqda.

“Soliq maʼmurchiligiga oid barcha oʻzgarishlarni bir necha oyga yoki kelgusi yilga qoldirish boʻyicha takliflar ishlab chiqiladi. Bu yoʻnalishda tadbirkorlik subʼyektlari bilan ish olib boriladi. Keyingi haftadan Soliq qoʻmitasi bilan birgalikda anketa savollarini tayyorlayapmiz, hozirgi vaziyatda tadbirkorlarda qanday yangi nima muammolar paydo boʻlgani, ularning fikricha, Moliya vazirligi va soliq qoʻmitasi qanday yordam berishi mumkinligini aniqlash uchun fidbek olish maqsadidagi soʻrovnoma”, - dedi Moliya vaziri rahbari.

Moliya vazirligi huzurida ishchi guruhlar soliq va bojxona maʼmurchiligi masalalari boʻyicha tadbirlarlar bilan uchrashuvlar oʻtkazishadi.
Avvalroq Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev iqtisodiyot barqarorligini taʼminlash chora-tadbirlari muhokamasi yuzasidan yigʻilish oʻtkazgani xabar qilingan edi.
Yangiliklar lentasi
0