Bugun aksariyat hududlarda yomg‘ir yog‘maydi

© SputnikV Tashkent prishla vesna
V Tashkent prishla vesna - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.03.2022
Obuna bo‘lish
Kunning ikkinchi yarmida Qoraqalpog‘iston, Xorazm viloyatida yomg‘ir yog‘adi, ba’zi hududlarda tuman tushishi mumkin.
TOShKENT, 25 mar — Sputnik. Bugun kunduz kuni Respublikada yog‘ingarchilik kutilmaydi. Bu xaqida "Uzgidromet" xabar bermoqda.
Faqat Qoraqalpog‘iston, Xorazm viloyatining ba’zi joylarida kunning ikkinchi yarmida yomg‘ir yog‘adi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 18-23 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 14-19 daraja iliqni tashkil etadi.
Toshkentda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ertalab tuman tushadi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 15-17 daraja iliq bo‘ladi.
Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushadi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Qor ko‘chishi xavfi bor. Harorat 5-10 daraja iliq bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonning ayrim hududlarida 23 va 24-mart kunlari yomg‘ir yog‘ib, qorga aylangan edi.
Yangiliklar lentasi
0