Onkologiya - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 21.01.2022
Bu qiziq
Ushbu ruknimizda ilm-fan, inson sogʻligi, foydali va zararli oziq-ovqatlar, parhez taomlar, shifokorlar maslahati va boshqa barcha uchun qiziqarli maʼlumotlar bor.

Chiroqni yoqib uxlash qandli diabetga sabab boʻladi – olimlar xulosasi

© Depositphotos / Sementsova321Devushka vo vremya dnevnogo sna
Devushka vo vremya dnevnogo sna  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 25.03.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Inson yorugʻ xonada uxlaganda - qon tarkibida glyukoza miqdori oshib, meʼyoridan ortiq insulin ishlab chiqariladi. Bu esa qandli diabetga olib kelishi mumkin.
TOSHKENT, 25 mar – Sputnik. Bundan 23 yil avval AQSH olimlari yorugʻ xonada uxlash koʻrish qobiliyati pasayishiga sabab boʻlishini aniqlagan edi. Yaqinda oʻtkazilgan yangi tadqiqot yorugʻ joyda uxlashning yana bir xavotirli oqibatini aniqladi.
AQSH Shimoli-gʻarbiy universiteti tibbiyot maktabi olimlari - har qanday yorugʻlik muhitida uxlash metabolik sindrom, yaʼni qandli diabet, yurak kasalliklari va erta oʻlim xavfini oshiradi, degan xulosaga keldilar.
Ular tajribada ishtirok etayotgan kishilarni yorugʻ, oʻrtacha yorugʻ va nimqorongʻu xonalarga joylashtirildi. Ular ana shunday sharoitda tungi uyquga ketdilar. Tadqiqotchilar esa organizmdagi oʻzgarishlarni kuzatib borishdi.
Ertalab esa, yorugʻ xonada uxlaganlar qon tarkibida glyukoza miqdori oshib, organizmda meʼyoridan ortiq insulin ishlab chiqarilgani maʼlum boʻldi.
Mutaxassislar fikricha, agar bunday harakat davomli tus olsa, odamda bora-bora qandli diabet xastaligi rivojlanishi, ortiqcha vazn paydo boʻlishi mumkin.
Oʻrtacha yorugʻlik taʼsirida esa yurak urishi tezlashishi, yurak qisqarishi va qon aylanish meʼyori buzilishi kabi holatlar qayd etildi.

Xoʻsh, tungi uyqu uchun eng maqbul muhit qanday boʻlishi kerak?

Olimlarning taʼkidlashicha, tunda, albatta, chiroqlarni oʻchirib uxlash lozim. Agar bunga koʻnikish imkonsiz boʻlsa, tunchiroqni polga yaqinroq joylashtirish tavsiya etiladi.
Qolaversa, ushbu jarayonda ranglarning ham ahamiyati katta. Qizgʻish va toʻq sariq chiroqlar miyaga u qadar bosim oʻtkazmaydi. Oq yoki koʻk rangli yoritkichlardan foydalanmaslik zarur. Elektron qurilmalar ekranlaridan taralayotgan yogʻdu ham uyqu mahali salomatlikka ziyon yetkazadi.
Xona ichiga koʻcha yoritkichlari nuri tushmasligiga ham eʼtibor qaratish darkor. Bunday sharoitda qora pardalar yoki maxsus koʻz niqoblarini qoʻllash foyda beradi.
Oʻzbekiston Sogʻliqni saqlash vazirligi xabariga asosan.
Yangiliklar lentasi
0