Siyosat

Oʻzbekiston vakili SHHT MATT rahbari lavozimida ish boshladi

© Sputnik . Taalay OroskulovKomanduyuщiy pogranichnыmi voyskami SGB Uzbekistana general-mayor Ruslan Mirzayev
Komanduyuщiy pogranichnыmi voyskami SGB Uzbekistana general-mayor Ruslan Mirzayev - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 25.03.2022
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Toshkentda SHHT vakillari xalqaro terroristik tashkilotlarning zamonaviy chaqiruvlari va xavfsizlikka tahdidlariga javob berish boʻyicha qoʻshma chora-tadbirlarni belgilab olishdi.
TOSHKENT, 25 mar - Sputnik. Oʻzbekiston vakili Ruslan Mirzayev Shanxay hamkorlik tashkiloti Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi (SHHT MATT)ning rahbari lavozimiga rasman kirishishdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo".
Xabarda aytilishiga koʻra, 25 mart kuni ertalab Toshkentda boshlangan SHHT MATT kengashining 37-majlisida quyidagi mavzularni muhokama qilish rejalashtirilgan:
mintaqaviy xavfsizlik holati;
SHHT makonida terrorizm, separatizm va ekstremizmga qarshi kurashish sohasidagi mavjud vaziyat:
SHHT davlatlari vakolatli organlarining oʻzaro hamkorligi darajasi;
xalqaro terroristik tashkilotlarning zamonaviy chaqiruvlari va xavfsizlikka tahdidlariga javob berish boʻyicha qoʻshma chora-tadbirlarni belgilab olish.
Uchrashuvga Hindiston tomoni raislik qilmoqda. Tuzilma ishida Hindiston, Qozogʻiston, Xitoy, Qirgʻiziston, Pokiston, Rossiya, Tojikiston, Oʻzbekiston vakolatli organlari hamda SHHT MATT Ijroiya qoʻmitasi delegatsiyalari ishtirok etmoqda.
Eslatib oʻtamiz, 2021 yil 18 mart kuni Toshkent shahrida SHHT MATT Kengashining 36-majlisi boʻlib oʻtgan edi.
Yangiliklar lentasi
0