https://oz.sputniknews-uz.com/20220325/rossiyadan-pul-otkazmalarini-qabul-qilishda-muammo-yoq---qochqorov-23551811.html
Rossiyadan pul oʻtkazmalarini qabul qilishda muammo yoʻq - Qoʻchqorov
Rossiyadan pul oʻtkazmalarini qabul qilishda muammo yoʻq - Qoʻchqorov
Rossiyadan mehnat migrantlari joʻnatayotgan pul oʻtkazmalari Oʻzbekistonda uzuluksiz qabul qilinmoqda. 25.03.2022, Sputnik Oʻzbekiston
2022-03-25T11:20+0500
2022-03-25T11:20+0500
2022-03-25T11:20+0500
iqtisod
migrantlar
migratsiya
markaziy bank
rossiya
oʻzbekiston
/html/head/meta[@name='og:title']/@content
/html/head/meta[@name='og:description']/@content
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/1011/13/10111386_0:0:3072:1728_1920x0_80_0_0_aa77b462766abf80a0c2e08037805a63.jpg
T0SHKENT, 25 mar — Sputnik. Oʻzbekiston Markaziy va tijorat banklari Rossiyadan rublda kelayotgan pul oʻtkazmalarin toʻxtovsiz qabul qilishmoqda. Bu haqida bosh vazir oʻrinbosari Jamshid Qoʻchqorov maʼlum qildi. Vazir aytishiga koʻra, rubl kursining keskin oʻzgarishi va mehnat migrantlari pul oʻtkzishda duch kelayotgan muammolar tufayli, Iqtisodiy rivojlanish, Moliya, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirliklari hamda Markaziy bank vakillaridan iborat maxsus shtab tashkil qilinadi. Eslatib oʻtamiz, br necha kun oldin MB raisi Mamarizo Nurmuratov mart oyida Oʻzbekistonga Rossiyadan pul oʻtkazmalari hajmi kamayganini maʼlum qilgan edi. Nurmuratov aytishiga koʻra, bunga migrantlar tomonidan oʻzgaruvchan vaziyatda mablagʻlarni uyga joʻnatish yoki vaqtincha saqlab turishda qaror qabul qilishda ikkilanish sabab boʻlgan. Rossiyalik mutaxassislar esa, dollar kursi oshishi va xorijga pul oʻtkazmalar murakkablashishi munosabati bilan Rossiyada migrantlar soni kamayishi kutilmayotganini bashorat qilishmoqda. Rossiya Qurilish va kommunal xoʻjalik vaziri oʻrinbosari Nikita Stasishin aytishiga koʻra, hozircha xorijga pul oʻtkazmalari bilan hech qanday muammolar kuzatilayotgani yoʻq. Maʼlumot uchun, Rossiyada oʻrtacha 1 millondan ortiq Oʻzbekiston fuqarolari vaqtincha mehnat faoliyati olib boradi. Ularning oilalari uchun pul oʻtkazmalari muhim daromad manbaidir. Bugungi kunda Rossiyadan joʻnatilayotgan mablagʻlar Oʻzbekistonda dollar yoki rublda berilishi mumkin.
rossiya
oʻzbekiston
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2022
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/1011/13/10111386_244:0:2975:2048_1920x0_80_0_0_2827e3d2c1b4ff819924a041f6e151c3.jpgSputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
migrantlar, migratsiya, markaziy bank, rossiya, oʻzbekiston
Rossiyadan pul oʻtkazmalarini qabul qilishda muammo yoʻq - Qoʻchqorov
Rossiyadan mehnat migrantlari joʻnatayotgan pul oʻtkazmalari Oʻzbekistonda uzuluksiz qabul qilinmoqda.
T0SHKENT, 25 mar — Sputnik. Oʻzbekiston Markaziy va tijorat banklari Rossiyadan rublda kelayotgan pul oʻtkazmalarin toʻxtovsiz qabul qilishmoqda. Bu haqida bosh vazir oʻrinbosari Jamshid Qoʻchqorov maʼlum qildi.
"Markaziy bank va tijorat banklari tomonidan qabul qilinayotgan choralar natijasida aholiga rublda kelayotgan pul oʻtkazmalarin aholiga toʻxtovsiz yetkazib berish taʼminlandi", - dedi Qoʻchqorov "Oʻzbekistan 24" telekanali efirida.
Vazir aytishiga koʻra, rubl kursining keskin oʻzgarishi va mehnat migrantlari pul oʻtkzishda duch kelayotgan muammolar tufayli, Iqtisodiy rivojlanish, Moliya, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirliklari hamda Markaziy bank vakillaridan iborat maxsus shtab tashkil qilinadi.
Eslatib oʻtamiz, br necha kun oldin MB raisi Mamarizo Nurmuratov mart oyida Oʻzbekistonga Rossiyadan pul oʻtkazmalari hajmi kamayganini maʼlum qilgan edi. Nurmuratov aytishiga koʻra, bunga migrantlar tomonidan oʻzgaruvchan vaziyatda mablagʻlarni uyga joʻnatish yoki vaqtincha saqlab turishda qaror qabul qilishda ikkilanish sabab boʻlgan.
Rossiyalik mutaxassislar esa, dollar kursi oshishi va xorijga pul oʻtkazmalar murakkablashishi munosabati bilan Rossiyada migrantlar soni kamayishi kutilmayotganini bashorat qilishmoqda.
Rossiya Qurilish va kommunal xoʻjalik vaziri oʻrinbosari Nikita Stasishin aytishiga koʻra, hozircha xorijga pul oʻtkazmalari bilan hech qanday muammolar kuzatilayotgani yoʻq.
Maʼlumot uchun, Rossiyada oʻrtacha 1 millondan ortiq Oʻzbekiston fuqarolari vaqtincha mehnat faoliyati olib boradi. Ularning oilalari uchun pul oʻtkazmalari muhim daromad manbaidir. Bugungi kunda Rossiyadan joʻnatilayotgan mablagʻlar Oʻzbekistonda dollar yoki rublda berilishi mumkin.