https://oz.sputniknews-uz.com/20220325/surxondaryoda-ruspbulikaning-eng-yirik-ieslaridan-biri-qurilishi-boshlandi-23553051.html
Surxondaryoda respublikaning eng yirik IESlaridan biri qurilishi boshlandi
Surxondaryoda respublikaning eng yirik IESlaridan biri qurilishi boshlandi
Angor tumanida qurilayotgan yangi IES Surxondaryo uy xoʻjaliklarini, ishlab chiqarish majmualarini va qisman Afgʻonistonni elektr energiyasi bilan taʼminlaydi. 25.03.2022, Sputnik Oʻzbekiston
2022-03-25T12:20+0500
2022-03-25T12:20+0500
2022-03-31T17:20+0500
iqtisod
ies
prezident
shavkat mirziyoyev
surxondaryo viloyati
/html/head/meta[@name='og:title']/@content
/html/head/meta[@name='og:description']/@content
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e6/03/19/23549815_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_3b4d956ddb9d55c3d30a1c19d9a69d66.jpg
TOSHKENT, 25 mar - Sputnik. Toshkent investitsion forumi doirasida Surxondaryo viloyati Angor tumanida yangi issiqlik elektr stantsiyasi qurilishi boshlanishiga bagʻishlangan marosim boʻlib oʻtdi. Marosimda prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirok etdi va energetika sohasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida aytib berdi. Angor IESining umumiy qiymati 1,2 mlrd. dollar boʻlib, loyiha quvvati 1560 megavattni tashkil qiladi. Bu Oʻzbekistonda soʻnggi yillarda yaratilgan eng yirik IES boʻladi. Eng zamonaviy texnologiyalar yordamida ishlaydigan stantsiya yiliga 12 milliard kilovat-soat elektr energiyasi ishlab chiqariladi va 1 milliard kub metr tabiiy gaz tejaydi. Stantsiyani 2024 yil oxirida ishga tushirish rejalashtirilgan.Ushbu stantsiyada ishlab chiqarilgan elektr energiyasi Surxondaryodagi konlar, sanoat korxonalari hamda 500 ming xonadonni elektr nuriga toʻldiradi. Bundan tashqari, qoʻshni Afgʻonistonga yiliga kamida 3 milliard kilovatt-soat elektr energiyasini eksport qilish imkoniyati paydo boʻladi, - deyilgan xabarda.Loyiha Germaniyaning “Siemens Energy”, Frantsiyaning “YEDF”, Niderlandiyaning “Stone City Energy” kompaniyalari tomonidan davlat-xususiy sheriklik asosida amalga oshiriladi. Maʼlumot uchun, Oʻzbekistonda bugungi kunda umumiy quvvati 9 ming Megavatt boʻlgan yana 19 ta elektr stantsiyasi barpo etilmoqda. Ularning umumiy qiymati 10 milliard dollardan ziyod.
surxondaryo viloyati
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2022
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e6/03/19/23549815_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_5b3cea7c1c4ca7aebe186b77144154cb.jpgSputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
ies, prezident, shavkat mirziyoyev, surxondaryo viloyati
Surxondaryoda respublikaning eng yirik IESlaridan biri qurilishi boshlandi
12:20 25.03.2022 (yangilandi: 17:20 31.03.2022) Angor tumanida qurilayotgan yangi IES Surxondaryo uy xoʻjaliklarini, ishlab chiqarish majmualarini va qisman Afgʻonistonni elektr energiyasi bilan taʼminlaydi.
TOSHKENT, 25 mar - Sputnik. Toshkent investitsion forumi doirasida Surxondaryo viloyati Angor tumanida yangi issiqlik elektr stantsiyasi qurilishi boshlanishiga bagʻishlangan marosim boʻlib oʻtdi.
Marosimda prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirok etdi va energetika sohasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida aytib berdi.
– Biz oxirgi yillarda energetika sohasida katta islohotlarni amalga oshirib, sohani toʻliq transformatsiya qilmoqdamiz. Jumladan, elektr ishlab chiqarishga ilk bor xususiy sektor ishtiroki uchun keng imkoniyatlar ochildi. Soʻnggi uch yilda umumiy quvvati 1 ming Megavattdan ziyod boʻlgan 5 ta elektr stantsiyasi davlat-xususiy sheriklik asosida ishga tushirildi. Jalb etilgan xorijiy investitsiyalar hajmi 1 milliard dollardan oshdi, – dedi Shavkat Mirziyoyev.
Angor IESining umumiy qiymati 1,2 mlrd. dollar boʻlib, loyiha quvvati 1560 megavattni tashkil qiladi. Bu Oʻzbekistonda soʻnggi yillarda yaratilgan eng yirik IES boʻladi.
Eng zamonaviy texnologiyalar yordamida ishlaydigan stantsiya yiliga 12 milliard kilovat-soat elektr energiyasi ishlab chiqariladi va 1 milliard kub metr tabiiy gaz tejaydi. Stantsiyani 2024 yil oxirida ishga tushirish rejalashtirilgan.
Ushbu stantsiyada ishlab chiqarilgan elektr energiyasi Surxondaryodagi konlar, sanoat korxonalari hamda 500 ming xonadonni elektr nuriga toʻldiradi. Bundan tashqari, qoʻshni Afgʻonistonga yiliga kamida 3 milliard kilovatt-soat elektr energiyasini eksport qilish imkoniyati paydo boʻladi, - deyilgan xabarda.
Loyiha Germaniyaning “Siemens Energy”, Frantsiyaning “YEDF”, Niderlandiyaning “Stone City Energy” kompaniyalari tomonidan davlat-xususiy sheriklik asosida amalga oshiriladi.
Maʼlumot uchun, Oʻzbekistonda bugungi kunda umumiy quvvati 9 ming Megavatt boʻlgan yana 19 ta elektr stantsiyasi barpo etilmoqda. Ularning umumiy qiymati 10 milliard dollardan ziyod.