Jamiyat

Dam olish kunlari ob-havo qanday boʻladi

© Sputnik / Yevgeniy Biyatov / Fotobankka oʻtishDojd
Dojd - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 26.03.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Dam olish kunlarida Oʻzbekistonda havo oʻzgaruvchan boʻladi, yomgʻir yogʻishi kutilmoqda. Togʻli hududlarda sel kelish xavfi bor.
TOSHKENT, 26 mar - Sputnik. Oʻzbekiston hududining katta qismida boʻyicha 26-27 mart kunlari havo oʻzgaruvchan bahoriy iliq boʻladi, baʼzi hududlarda yomgʻir yogʻadi.
Kunduz kuni havo 16-19° iliqgacha, janubda esa baʼzi joylarda 22-25° iliqgacha isiydi. Faqat Qoraqalpogʻistonda va Xorazm viloyatida kunning ikkinchi yarmida baʼzi joylarda biroz yomgʻir yogʻadi.
Oʻzbekistonga 26 mart kuni yana nam va salqin havoning bir qismi kirib keladi. Respublikaning shimolidan tashqari barcha viloyatlarda yana bulutli va yomgʻirli ob-havo boʻlishi kutilmoqda. Fargʻona vodiysi viloyatlarida kunning ikkinchi yarmida yomgʻir yogʻadi. Kunduz kuni harorat 12-15° iliqgacha pasayadi.
Respublikaning ayrim joylarida shamol 18-23 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda.
Yakshanba kuni respublika hududining katta qismida yomgʻir yogʻishi toʻxtaydi, faqat kechasi va ertalab Toshkent viloyati va Fargʻona vodiysi viloyatlarida baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. Havo harorati deyarli oʻzgarmaydi.
Dam olish kunlari togʻ oldi va togʻli hududlarda sel kelishi, togʻlarda qor koʻchishi xavfi bor.
Yangiliklar lentasi
0