https://oz.sputniknews-uz.com/20220326/ozbekistonga-mintaqaviy-aviakompaniya-juda-kerak----rano-djuraeva-23579365.html
Oʻzbekistonga mintaqaviy aviakompaniya juda kerak - Rano Djurayeva
Oʻzbekistonga mintaqaviy aviakompaniya juda kerak - Rano Djurayeva
Oʻzbekiston boʻylab 40 ga yaqin yoʻnalish – nafaqat poytaxtdan viloyatlarga, balki viloyatlar oʻrtasida ham yoʻlga qoʻyilishi rejalashtirilgan. 26.03.2022, Sputnik Oʻzbekiston
2022-03-26T16:00+0500
2022-03-26T16:00+0500
2022-03-26T16:00+0500
iqtisod
toshkent
aviareyslar qatnovi
turizm
/html/head/meta[@name='og:title']/@content
/html/head/meta[@name='og:description']/@content
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e6/03/1a/23576857_0:13:1280:733_1920x0_80_0_0_d1b4e34cbb35546c5398a8a2d657b010.jpg
TOSHKENT, 26 mar - Sputnik. “Uzbekistan Airports” aktsiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi Rano Djurayeva Birinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumida soʻzga chiqib, tashkil etilayotgan “Silk Avia” mintaqaviy aviakompaniyasining ayrim tafsilotlarini maʼlum qildi.“Turizm sohasiga investitsiyalarni jalb qilish ufqlari” mavzusidagi muloqot davomida Rano Djurayeva ichki turizmni rivojlantirishga toʻxtalar ekan, oʻtgan yildan boshlab “Silk Avia” mintaqaviy aviakompaniyasini tashkil etish ishlari boshlab yuborilgani, mazkur aviakompaniya mamlakat ichida aviaqatnovlarga boʻlgan talabni qondirishini taʼkidlab oʻtdi.Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, Oʻzbekiston boʻylab 40 ga yaqin yoʻnalish – nafaqat poytaxtdan viloyatlarga, balki viloyatlar oʻrtasida ham yoʻlga qoʻyilishi rejalashtirilgan.Boshqaruv kompaniyasi Boshqaruvi raisi, shuningdek, birinchi bosqichda 70 oʻrinli uchta mintaqaviy samolyot kelishi kutilayotganini taʼkidladi. Uning fikricha, bunday sigʻimga ega samolyotlar mintaqaviy aviatashuvlar uchun maqbuldir. Rano Djurayeva, shuningdek, mintaqaviy aviakompaniya bazasi yangi "Samarqand" aeroportida joylashishini ham maʼlum qildi.
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2022
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e6/03/1a/23576857_82:0:1219:853_1920x0_80_0_0_3e72126d5e40f82b8e0e806d572cc0e3.jpgSputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
toshkent, aviareyslar qatnovi, turizm
Oʻzbekistonga mintaqaviy aviakompaniya juda kerak - Rano Djurayeva
Oʻzbekiston boʻylab 40 ga yaqin yoʻnalish – nafaqat poytaxtdan viloyatlarga, balki viloyatlar oʻrtasida ham yoʻlga qoʻyilishi rejalashtirilgan.
TOSHKENT, 26 mar - Sputnik. “Uzbekistan Airports” aktsiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi Rano Djurayeva Birinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumida soʻzga chiqib, tashkil etilayotgan “Silk Avia” mintaqaviy aviakompaniyasining ayrim tafsilotlarini maʼlum qildi.
“Turizm sohasiga investitsiyalarni jalb qilish ufqlari” mavzusidagi muloqot davomida Rano Djurayeva ichki turizmni rivojlantirishga toʻxtalar ekan, oʻtgan yildan boshlab “Silk Avia” mintaqaviy aviakompaniyasini tashkil etish ishlari boshlab yuborilgani, mazkur aviakompaniya mamlakat ichida aviaqatnovlarga boʻlgan talabni qondirishini taʼkidlab oʻtdi.
Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, Oʻzbekiston boʻylab 40 ga yaqin yoʻnalish – nafaqat poytaxtdan viloyatlarga, balki viloyatlar oʻrtasida ham yoʻlga qoʻyilishi rejalashtirilgan.
“Bu yerda mintaqaviy aviatashuvlar yoʻq va ularni rivojlantirish kerak. Biz hozirda 40 ga yaqin yoʻnalishni ochmoqchimiz. Bu ichki turizm rivojiga ham katta xissa qoʻshadi. Eʼtibor bersam, Samarqand, Buxoro, Xiva kabi sayyohlik yoʻnalishlariga ham insonlar yo chipta yoʻqligi, yoki qimmatligi sabab poyezd, avtobus yohud taksida borishga majbur. Men ichki yoʻnalishlar boʻyicha statistik maʼlumotlarni koʻrib chiqdim – 2021 yilda biz millionga yaqin yoʻlovchiga xizmat koʻrsatdik. Albatta, talab katta. Aholi mamlakat boʻylab harakatlanishda qiyinchiliklarga duch kelishmoqda. Shuning uchun biz ishlarni jadal surʼatlarda olib bormoqdamiz va umid qilamizki, kuzgacha samolyotlarni yetkazib beramiz va ilk parvozlarni amalga oshirishni boshlayamiz”, - dedi Rano Djurayeva.
Boshqaruv kompaniyasi Boshqaruvi raisi, shuningdek, birinchi bosqichda 70 oʻrinli uchta mintaqaviy samolyot kelishi kutilayotganini taʼkidladi. Uning fikricha, bunday sigʻimga ega samolyotlar mintaqaviy aviatashuvlar uchun maqbuldir. Rano Djurayeva, shuningdek, mintaqaviy aviakompaniya bazasi yangi "Samarqand" aeroportida joylashishini ham maʼlum qildi.