Xitoy AQShning yetti “gunohini sanab o‘tdi

© REUTERS / Tingshu WangFlagi SShA i Kitaya
Flagi SShA i Kitaya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.03.2022
Obuna bo‘lish
AQShning sovuq urush mentalitetiga sodiqligi Ukrainadagi vaziyatga olib keldi - Global Times.
TOShKENT, 26 mar - Sputnik. Amerika Qo‘shma Shtatlari o‘zini “yaxshilik kuchlari” sifatida ko‘rsatishga urinmoqda, biroq Ukrainada ana shunday vaziyat sodir bo‘lishida AQShning yettita "gunoh"i bor, deb yozadi Xitoyning Global Times gazetasi.
Global tafovut kuchayishida avallombor Vashingtonning "sovuq urush" davri mentalitetiga sodiqligi sabab bo‘lgan.

"SSSR tarqalib ketganidan so‘ng NATOning Sharqqa tomonga besh marotaba kengayishi sodir bo‘ldi. Alyansning o‘z xavfsizligiga bosqichma-bosqich tajovuz qilayotganini ko‘rib, Rossiya ham burchakka tiqilib qolishdan qo‘rqmay qololmadi. Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi mojaro aynan shundan kelib chiqqan".

Bu Sovuq urush mentaliteti Yevropa qit’asida yana urushga olib kelganining qayg‘uli misolidir, deb yozadi nashr.
Shuningdek, Oq uyning harakatlari boshqa geosiyosiy o‘yinchilarning noroziligiga sabab bo‘lmoqda va sayyoradagi tinchlikka putur yetkazmoqda. Xususan, AQSh Yevropani o‘ziga “bog‘lab olishga" intilishi - oqibatda YeIga va boshqa davlatlarga zarar keltiradi.
"AQSh uchun Ukraina va Yevropa manfaatlari hech narsani anglatmaydi. Yevropa va Rossiya o‘rtasidagi aloqalar uzilishi kerak. Shunda Yevropa o‘zining Amerika ittifoqchisidan boshqa hech kimga murojaat qilmaydi", - deb yozadi GT.
Maqolada ta’kidlanishicha, Qo‘shma Shtatlar Ukrainadagi vaziyat to‘g‘risida axborot tarqatishda - manipulyatsiya qilmoqda va soxta ma’lumotlarni tarqatmoqda.
Jahon iqtisodiyoti uchun qiyin paytlarda dollar gegemonligini saqlab qolishga intilmoqda.
Sobiq Ittifoq hududida harbiy biologik laboratoriyalar yaratish bilan shug‘ullanmoqda.
"AQSh o‘zini inson huquqlarining "himoyachisi" sifatida ko‘rsatish orqali haqiqatda dunyoning ko‘plab mintaqalarida sodir bo‘layotgan urushlar va tartibsizliklarda o‘z rolini o‘ynadi. Afg‘oniston, Iroq, Liviya va Suriyada "universal qadriyatlar" chalkashlik va qiyinchiliklarni keltirib chiqardi. <...>
AQSh Ukraina inqirozida olovni yoqishdan to‘xtamaydi, ular inqirozdan oldin ukrainalik harbiylarni o‘qitgan va ularni qurol-aslaha bilan ta’minlagan.
Ukrainaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri qurol yetkazib bergan va Rossiyaga bosim o‘tkazish kampaniyasini eng boshidanoq boshqarib kelgan.
Nashr muallifi, shuningdek, Vashington harbiy mojarolardan diqqatni ichki muammolardan chalg‘itish uchun foydalanadi, deb hisoblaydi.
Eslatib o‘tamiz, 24-fevral kuni ertalab Rossiya Ukrainani demilitarizatsiya qilish bo‘yicha harbiy maxsus operatsiyani boshladi. Mudofaa vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, qurolli kuchlar faqat harbiy infratuzilma va Ukraina qo‘shinlariga zarba beradi. Rossiya harbiylari ko‘magida DXR va LXR qo‘shinlari Donesk va Lugansk viloyatlarini Ukraina armiyasi va millatchi guruhlaridan ozod qilmoqda. Ukrainani bosib olish haqida gap bo‘lishi mumkin emas, dedi Rossiya prezidenti Vladimir Putin.
Yangiliklar lentasi
0