Jamiyat

Qaysi huquqbuzarliklar haqida xabar berganlarga pul beriladi?

© Unsplash / Luis VillasmilMobilnыy telefon v ruke mujchinы
Mobilnыy telefon v ruke mujchinы - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 27.03.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Qonunchilikda bir qator huquqbuzarliklar toʻgʻrisida vakolatli organlarga xabar berilganda mukofot puli berish koʻzda tutilgan.
TOSHKENT, 27 mar — Sputnik. Qonunchilikda bir qator huquqbuzarliklar toʻgʻrisida vakolatli organlarga xabar berilganda undirilgan jarimadan mukofot puli berish belgilangan. Bu haqda Adliya vazirligi eslatma bilan chiqdi.
Xususan:
yoʻl harakati qoidalariga oid huquqbuzarliklar toʻgʻrisida ejarima portali orqali xabar beriladi va BHMning 5 foizi (13 ming 500 soʻm) miqdorida;
daraxt va butalarni noqonuniy kesish va shikastlashga oid huquqbuzarliklar toʻgʻrisida Davlat ekologiya qoʻmitasiga xabar beriladi va BHMning 1 baravarigacha (270 ming soʻmgacha) miqdorida;
litsenziyasiz yoki ruxsatnomasiz, xabarnoma yubormasdan shunday hujjatlar talab qilinadigan faoliyat bilan shugʻullanganlik toʻgʻrisida litsenziya, ruxsatnoma berish vakolatiga ega organlarga (masalan, xususiy notariuslar boʻyicha Adliya vazirligiga) xabar beriladi va undirilgan jarimaning 10 foizi miqdorida;
korruptsiyaga oid huquqbuzarliklar toʻgʻrisida Bosh prokuratura, Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi, Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentiga xabar beriladi, huquqbuzarlik turidan kelib chiqib BHMning 7 baravarigacha (1 mln 890 ming soʻmgacha) miqdorda;
xarid cheklarni bermasdan tovar sotganlik va xizmatlar koʻrsatganlik toʻgʻrisida soliq organlariga maxsus dastur orqali xabar beriladi va jarimaning 20 foizi miqdorida;
davlat moliyaviy nazoratiga oid qoidabuzarliklar toʻgʻrisida “Davlat auditi” tizimi orqali xabar beriladi va undirilgan jarimalardan kelib chiqib mukofot pullari toʻlanadi.
Yangiliklar lentasi
0