Hodisalar

Surxondaryoda kartoshka ichiga yashirib olib oʻtilayotgan qariyb 155 kg gashish aniqlandi - video

© Foto: GTK UzbekistanaBoleye 154 kg gashisha, zamaskirovannыx pod kartofel, popыtalis vvezti v Uzbekistan
Boleye 154 kg gashisha, zamaskirovannыx pod kartofel, popыtalis vvezti v Uzbekistan - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 28.03.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
"Ayritom" chegara bojxona postida qoʻshni davlatdan kirib kelgan yuk mashinasiga ortilgan kartoshka orasidan gashish topib olindi.
TOSHKENT, 28 mar — Sputnik. Surxondaryo viloyati "Ayritom" chegara-bojxona postida giyohvandlik vositasining yashirin aylanmasi fosh qildi. Bu haqda Davlat bojxona qoʻmitasi (DBQ) matbuot xizmati xabar bermoqda.
Maʼlum qilinishicha, qoʻshni mamlakatdan kirib kelgan yuk avtotransport vositasi respublikada tranzit tarzida harakatlanib, Andijon viloyatidagi "Doʻstlik" chegara bojxona posti orqali qoʻshni davlatga chiqib ketishi kerak boʻlgan. Hujjatlarga koʻra, unga 533 ta qopda 22 tonnadan ziyod kartoshka yuklangan.
Mashina koʻzdan kechirilganida, yuklarning rentgen tasviri bojxona xodimlarida shubha tugʻdirgan.
Natijada avtomashinadagi kartoshka solingan 533 ta qopning 38 tasiga 1305 dona tayyorlangan kartoshka shaklidagi oʻramlar — giyohvandlik vositalari joylangani fosh boʻlgan.
Bu oʻramlardagi gashish giyohvandlik vositasining umumiy ogʻirligi 154 kilogramm 90 grammni tashkil qilgan.
Bojxona organlari jinoiy ish ochishgan.
Yangiliklar lentasi
0