Jamiyat

Aprel oyida qanday ob-havo kuzatiladi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovVesna v Tashkente
Vesna v Tashkente - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 29.03.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Oʻzgidromet aprel oyida oʻzbekistonliklarni qanday ob-havo kutib turgani haqida maʼlumot berdi.
TOSHKENT, 29 mar — Sputnik. Joriy yilning aprel oyi asosan quruq va iliq ob-havo bilan boshlanadi, deb xabar bermoqda Oʻzgidromet.
Oyning birinchi haftasida kunduzgi harorat +17...+22 darajadan 23-+28 darajagacha, janubda baʼzi joylarda +30...+33 darajagacha koʻtariladi.
Faqat 2 aprel kunning ikkinchi yarmida Toshkent, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarining ayrim joylarida va Fargʻona vodiysining togʻoldi va togʻli hududlarida qisqa muddatli yomgʻiri yogʻishi mumkin.
Sinoptiklar prognoziga koʻra, keyin aprel oyi harorat tartibi boʻyicha oʻrtacha koʻp yillik qiymatlarga yaqin boʻlishi kutilmoqda. Havo harorati kechalari +3...+8 daraja iliqdan +10...+15 daraja iliqgacha, kunduz kunlari +13...+18 daraja iliqdan +23...+28 daraja iliqgacha, respublika janubida +30...+33 daraja iliqgacha oʻzgarib turadi.
Oyning ayrim kunlarida momaqaldiroq bilan qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi kutilmoqda. Baʼzi joylarda doʻl yogʻishi ehtimoli ham bor.
Yangiliklar lentasi
0