Rossiya

AQSH va Yevropa harchand urinmasin rubl kursi qulamadi - Frantsiya OAV

© Sputnik / Vladimir TrefilovMonetы nominalom odin rubl.
Monetы nominalom odin rubl. - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 29.03.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Frantsiya OAVi Putinning Gʻarb tomonidan kiritilgan qattiqqoʻl sanktsiyalariga javobini yuqori baholadi.
TOSHKENT, 29 mar — Sputnik. Frantsiyaning Marianne nashri sharhlovchisi Matias Tepo Rossiya prezidenti Vladimir Putinning gaz uchun toʻlovni rublda qabul qilish toʻgʻrisidagi qarorini "kuzirli javob" deb atadi. RIA Novosti xabariga asosan.
Jurnalist aytishiga koʻra, Gʻarb tomonidan kiritilgan oʻta qattiqqoʻl sanktsiyalarga qaramasdan AQSH va Yevropa harchand kutmasin rubl kursi qulamadi.
"Bu qanday sodir boʻldi?" - deb savol bergan Tepo.
Birinchidan, Rossiya kapitallar oqimini nazorat ostiga oldi va bu bilan valyutaning mamlakatdan chiqib ketishini chekladi.
Ikkinchidan, Markaziy bank asosiy stavkani 20%gacha oshirdi. Bu esa milliy valyutani barqarorlashtirishga yordam berdi.
"Chorshanba, 23 mart kuni esa Vladimir Putin kuzirli kartani chiqardi. U yevropaliklarni rossiya gazi uchun rublda pul toʻlashga majbur qilmoqchi!", - deb yozadi muallif.
Ushbu chora kiritilishi bilanoq, rubl kursi 10%ga oshdi, deb qayd etmoqda Matias Tepo.
Eslatib oʻtamiz, Rossiya 24 fevral kuni Ukrainani demilitarizatsiya va denatsifikatsiya qilish boʻyicha maxsus operatsiyani boshlagan edi. Shundan soʻng AQSH va Gʻarb davlatlari Rossiyaga qarshi iqtisodiy urush boshladi. Bank sektori, Rossiya valyuta zahiralari, yuqori texnologiyali sohalarga qarshi sanktsiyalar kiritila boshladi.
Kreml ushbu choralarni misli koʻrilmagan iqtisodiy urush deb atadi va Rossiya ushbu qadamlarni kutgan edi va har qanday stsenariyga tayyor deb javob qaytarishdi.
Yangiliklar lentasi
0